Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Tuxum po‘chog‘i xosiyatlari

Ma’lumki, kalsiy va kremniy almashinuvi buzilishi ko‘pincha raxita, tishlarning noto‘g‘ri o‘sishi, suyaklarning mo‘rtligiga sabab bo‘ladi, kamqonlik, allergiya, labdagi uchuq, shamollash kabi kasalliklar bilan birga kechadi; ayollarda bunga beli, tug‘ruq davrida to‘lg‘oqning kuchsizligi, bachadon mushaklari atoniyasi qo‘shiladi.
Buzilgan kalsiy almashinuvini tiklash qiyin. Negaki, tarkibida kalsiy bo‘lgan tayyor preparatlarni ichish kalsiyning yomon hazm bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Tuxum po‘chog‘i nafaqat kalsiyni yaxshi singdiradi, balki tarkibida organizm uchun zarur elementlar ko‘p: kremniy, mis, magniy, temir, marganes, molibden, ftor, fosfor, oltingugurt, rux – jami 27 ta element. Tuxum po‘chog‘i tarkibi odam suyagi va tishi tarkibi bilan hayratlanarli darajada mos keladi. Bundan tashqari, ilikning qon hosil qilish funksiyasini oshiradi.
Taomga maydalangan tuxum po‘chog‘ini qo‘shish soch va tirnoqlar sinuvchanligining, milk qonashining, qabziyat, jizzakilik, uyqusizlik, astma, eshak yemning oldini oladi. Tuxum po‘chog‘i terapiyasi, ayniqsa, homiladorlarga, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, shuningdek, o‘smir va yoshlarga juda foydali. Kattalar umurtqa kasalligi, tish kariyesi va osteoporozning oldini olish uchun yiliga ikki marta tuxum po‘chog‘i terapiyasini o‘tkazish foydali.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 05.07.2016 23:06
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot
Izoh Qoldirish!
Zo'r
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog