Tarvuz yordamida teri va sochingizga ko‘rk bag‘ishlang

Yurtimizga yoz fasli ham kirib kelmoqda. Bu faslda tabiat bizga taqdim etadigan ne’matlardan nafaqat organizmni vitaminlarga boyitish, balki yanada chiroyli va jozibali bo‘lish maqsadida ham foydalanishimiz mumkin.

Shunday ne’matlardan biri tarvuz bo‘lib, quyida undan go‘zallik va betakrorlik uchun qanday foydalanishimiz mumkinligini keltirib o‘tamiz. Tarvuzning salomatlik uchun ko‘plab foydali xususiyatlarga ega ekanligi bilan ko‘pchiligimiz tanish bo‘lganligimiz uchun ushbu maqolada uning faqat go‘zallik borasidagi jihatlariga to‘xtalamiz.

Go‘zallik uchun tarvuz

Tarvuzning go‘zallik uchun ta’siri haqida so‘z yurita turib, tarvuzli parhez haqida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. 100 gramm tarvuz eti atigi 38 Kkal.ga ega ekanligi tufayli uning yordamida ortiqcha vazndan qutulish mumkin.

Tarvuzning foydali tarkibi

Albatta tarvuzning 90 foizi suvdan iborat. Shu bilan birga tarvuz pektin, o‘simlik oqsili, mineral moddalar (temir, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, natriy va h.o), shuningdek B guruhidagi vitaminlarga boy. Tarvuzning ustun jihati u yog‘li va quruq teriga birday to‘g‘ri kelib, uni tetiklashtiradi.

Teri go‘zalligi uchun

– Tarvuz sharbati ajoyib tetiklashtiruvchi vosita bo‘lganligi uchun terining osilib qolishiga qarshi undan foydalanish mumkin. Buning uchun tarvuz sharbatiga salfetkani namlab, uni terida 15 daqiqa ushlab turish kifoya qiladi. Bunda tarvuz sharbati iliq bo‘lishi lozim.

– Tarvuz sharbatidan tayyorlanadigan muz bo‘lakchalari ham mashhur sanaladi. Terini taranglashtirish va tetiklashtirish uchun tarvuzli muz bo‘lakchasini yuzga surib, uning sharbatini 10—15 daqiqaga qoldirish kerak. So‘ngra yuzni sovuq suv bilan yuvib, odatiy kremdan surish lozim.

– Tarvuz sharbatiga o‘rik sharbatini qo‘shish orqali terini tozalash mumkin. Bu aralashma normal va quruq yuz terisi uchun to‘g‘ri kelsa, yog‘li yuz terisi uchun tarvuz sharbatiga bodring sharbatini qo‘shish tavsiya etiladi.

– Terini namlantirish uchun tarvuzli losyon tayyorlash mumkin. Buning uchun tarvuz etini ezib, undan sharbat ajralib chiqishi uchun bir necha soatga qoldirish kerak. Undan sharbatini siqib olgandan keyin, unga bir katta qoshiq asal va shuncha tuz qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan aralashmaga 200 ml araq qo‘shib, shisha idishga solib qo‘yiladi. Bunday losyonni sovuq joyda saqlash lozim.

– Tarvuz etidan tayyorlangan bo‘tqani yuzga 15—20 daqiqaga surib qo‘yish uni faqatgina oziqlantirib qolmay, teri rangini ham yaxshilaydi.

Soch ko‘rki uchun tarvuz

Sochlaringiz uchun tarvuz etidan niqob tayyorlab, ularga mayinlik va qo‘shimcha jilo bag‘ishlaysiz. Buning uchun bor-yo‘g‘i tarvuz etini ezib, ularni sochlarga 20 daqiqaga surib qo‘yish kerak, xolos. Shundan so‘ng ularni odatdagidek shampun bilan yuvishingiz mumkin.

Maqolani tayyorlashda «InFlora.ru» sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
292 YOQDI 3 YOQMADI
- Joylandi: 30.05.2016 22:07
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU