Semirishga olib keladigan odat va ko‘nikmalar

Ortiqcha vazndan qutulish uchun nafaqat ishtahani cheklash, balki ba’zi odat va ko‘nikmalardan voz kechish zarurligi aniqlandi. Ularni shartli ravishda «semirtiruvchi» odatlar deb nomlab, vazn ortishiga qanday ta’sir qilishini o‘rganib chiqsak.

  1. Taomlarni juda tez tanovvul qilish

Taomlarni tez tanovvul qilish zamonaviy jamiyatdagi tezkor hayotda yashayotgan ko‘pchilikning muammosidir. Shuni yodda tutish lozimki, biz ovqatlanishni boshlagan vaqtdan 20 daqiqa o‘tmasdan turib, miyaga oshqozonning to‘yganligi haqida signal yetib bormaydi. Shuning uchun tez ovqatlanish to‘yganligimizni anglab yetgunimizga qadar juda ko‘p yeb qo‘yishimizga sabab bo‘ladi.

  1. Televizor tomosha qilish odati

Ilmiy tadqiqotlar televizorni kuniga ikki soatdan kam ko‘rmaydigan kishilar unga yarim soatdan ko‘p vaqt ajratmaydiganlarga qaraganda semirishga ko‘proq moyil ekanligini ko‘rsatadi. Gap shundaki, televizor tomosha qilish mobaynida biz deyarli harakat qilmaymiz. Buning ustiga turli-tuman dasturlarni tomosha qila turib, turli taomlarni ham iste’mol qilishga odat qilganmiz.

  1. Doim nimadir yeb turish odati

Aksariyat kishilar, o‘zlari buni sezmagan holda avtomobil rulida, kompyuterda ishlash, do‘kondagi xarid va hatto telefon orqali suhbat chog‘ida ham nimadir yeb turish odatiga ega bo‘ladi. Bunday yengil tamaddi yoki kichik shirinliklar ham vaqt o‘tishi bilan ortiqcha kilogrammlarni keltirib chiqaradi.

  1. Fast-fudlarni iste’mol qilish

Fast-fudlarni iste’mol qilish ovqatlanish sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunki «sog‘lom bo‘lmagan taom» foydali oziq-ovqat mahsulotlari o‘rnini egallay boshlaydi.

  1. Muammo va stresslarni ovqat bilan yengish

Olimlarning fikricha, taomni keragidan ortiq iste’mol qilishning 75 foizi aynan kishining ruhiy holati bilan bog‘liqdir. Biror narsadan tashvishlanib yoki yolg‘izlikni his etmaslik uchun kishi o‘ziga hisob bermagan holda, ochlikni umuman his qilmagan hollarda ham biror narsa chaynashni boshlaydi. Ba’zilar esa nima qilishni bilmasdan, ya’ni zerikkanidan ham nimadir yeyishga kirishadi.

  1. To‘yib uxlamaslik

Ilmiy nuqtai nazardan uyquning yetishmasligi ishtahani uyg‘otuvchi garmon ishlab chiqarilishini oshiradi. Ushbu vaziyatni raqamlarda olib qarasak, uyqu vaqtining bir soatga kamaytirilishi tanadagi yog‘ miqdorini 3 foizga ko‘paytiradi.

  1. Sport bilan shug‘ullanishga vaqt yetmasligi
  2. Boshqalar bilan tenglashish odati

Vazn ortishi kishining muloqot doirasi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biz ko‘pincha atrofimizda semiz odamlarni ko‘rib (turmush o‘rtog‘imiz, do‘stimiz) ortiqcha vaznni normal holat sifatida qabul qila boshlaymiz (Bu holat ong ostida ro‘y beradi). Tadqiqotlar 30 yoshdan keyin semiz qarindoshlar va do‘stlar qurshovida bo‘lgan odamning ortiqcha kilogrammlarni to‘plash xavfi 37-57 foizga ortishini ko‘rsatdi.

  1. Mahsulotlarning yog‘lilik va kaloriya darajasi haqida bosh qotirmaslik
  2. O‘z vaznini nazorat qilmaslik
  3. Noqulay kiyim kiyish odati

Qulay kiyim ko‘proq harakat qilish imkonini berishini mantiqan ham tushunish mumkin. Harakatlanishi noqulay kostyum yoki tor yubkalar bilan cheklab qo‘yilmagan kishilar ko‘proq harakatda bo‘ladi va demak, ko‘proq kaloriya ham sarflaydi.

  1. Plastik kartochkalardan foydalanish 

Restoranlarga kelib tushgan 100 ming buyurtmani tahlil qilib chiqish natijasida taom uchun plastik kartadan haq to‘laganlar buning uchun naqd puldan foydalanganlarga qaraganda, 30 foizga ko‘proq mablag‘ sarflaganligi aniqlandi. Mana shunaqa qiziqarli kuzatuv natijalari…

Maqolani tayyorlashda «InFlora.ru» sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.  

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
391 YOQDI 4 YOQMADI
- Joylandi: 26.05.2016 20:39
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU