Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
​Sedanali choydan ichib ko‘ring!

Sedana ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o‘simlikning mayda qora donlaridir. Hidi xushbo‘y, chaynaganda jiz etib achishtiruvchi mazasi bilinadi. Sedana o‘zbek pazandaligida non yopishda ishlatiladi, patir va kulchalarning yuzasiga sepilsa, mazasini yaxshilaydi. Sedana ovqat hazm bo‘lishiga yordam beradi, og‘izdagi noxush hidni ketkazadi, a’zolarni qizdiradi va tozalaydi, peshob haydaydi, zaharlarga qarshi ta’sir qiladi. Xalq tabobatida uni yo‘talganda, qusganda qo‘llaniladi, u xuddi murch kabi ta’sir qiladi.

Sedanali choy suvchechak, sariq kasalligi, taloq yallig‘lanishida, hayz qonini haydash va emizikli onalarning sutini ko‘paytirish uchun ham qo‘llanilgan. Sedanali choyga asal qo‘shib ichilsa, peshob yo‘llaridagi toshlarni maydalaydigan doriga aylanadi. Ibn Sino yozadiki: «Sedana balg‘amni ko‘chiruvchidir, tozalovchi, yel va damni shimdiruvchidir. Xususan, uning tozalash xosiyati yetarli darajadadir. Sedana tumovga foyda qiladi. Uni asal va issiq suvga qo‘shib ichilsa, qovuq va buyrakdagi toshlarga foyda qiladi, ularni chiqaradi».

Sedanali choy quyidagicha damlanadi: yarim litrli choynakka 1 choy qoshiq qora yoki ko‘k choy, 20-25 dona sedana solib, qaynoq suv quyiladi va 3-4 daqiqa cho‘qqa qo‘yib dam yedirilgandan keyin shirinliklar bilan ichiladi, asal qo‘shilsa, juda foydali ne’matga aylanadi.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 12.02.2017 23:48
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog