Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Qatiq iching, qarimaysiz!

Har birimizning ro‘zg‘orimizda topiladigan, foydali ichimlik – qatiqdir. Tabobatda ushbu ichimlikning bir qancha xususiyatlari e’tirof qilinadi.

–  Olimlarning bir qator ilmiy tadqiqotlari natijasiga ko‘ra qatiq surunkali gastrit, ateroskleroz, diabet, ishemiya, disbakterioz va gipertoniya  kasalliklarining oldini olishda ajoyib vosita sanaladi. Shifosi uchun har kuni ovqatdan 15 daqiqa o‘tib ichish tavsiya etiladi.

–  Qatiq jigar sirrozi profilaktikasida ham o‘zini oqlay olgan. Shuningdek, jigar faoliyati bilan bog‘liq xastaliklarda ham qatiq ichish foydali.

–  Tana vazningizni kamaytirish ilinjida bo‘lsangiz, yog‘siz qatiq a’lo vosita bo‘loladi. Qatiqqa mayda to‘g‘ralgan rediska va  ko‘katlarni aralashtirsangiz, tayyor salat bo‘ladi.

–  Bolalar uchun yog‘li qatiqning bir kun avval tayyorlangani foydaliroq. Ayniqsa, qorin og‘riqlari, ovqat hazm bo‘lishi va ich ketishi bilan muammo kuzatilsa, yangi ivitilgan qatiq ichilmagani ma’qul.

–  Muntazam qatiq iste’mol qilish qonda qand miqdorining ortib ketmasligini ta’minlaydi. Agar oilangizda qandli diabet bilan og‘riganlar bo‘lsa, qatiqni kanda qilmang.

–  Uxlashga yotishdan avval ichilgan bir stakan qatiq oshqozon-ichaklarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tinchlantiradi.

–  Asabiy va ishtahasiz bo‘lsangiz, ertalab nonushtadan yarim soat avval bir stakan qatib ichib oling.

–  Yuz teringiz quruqlashib ketgan bo‘lsa, qatiqqa ozroq maydalangan ko‘katlarni aralashtirib, niqob o‘rnida foydalanish mumkin.

–  Qatiqning tinchlanitiruvchi hamda tetiklashtiruvchi hususiyati klimaks davridagi ayollar, homilador va emiziklilar uchun asqotadi. Shuningdek, hayz oldi bezovtaliklarini yengillashtirishda ham qatiq ichib turish foyda  beradi.

–  Uzoq umr ko‘rishni istasangiz, har kuni bir stakan qatiq iching. Shunda organizmingiz kun sayin yosharib boraveradi.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 16.09.2016 22:28
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog