Olimlar to‘yib uxlamaslik ortiqcha ovqat yeyishga olib kelishini aniqladilar

Londondagi Kings-kollej mutaxassislarining fikricha, to‘yib uxlamaslik ortiqcha ovqat yeyishga olib keladi. Ularning bu tadqiqoti haqida European Journal of Clinical Nutrition jurnalida aytib o‘tildi.

To‘yib uxlamaslikdan aziyat chekadiganlar me’yorida uxlaydiganlarga nisbatan kuniga 385 kaloriya ko‘proq ovqat yeydilar. Olimlarning aytishicha, to‘yib uxlamaslik sirkad sur’atlari ishini izdan chiqaradi, bu esa grelin va leptin gormonlari ishlab chiqarilishiga ta’sir qiladi. Bulardan birinchisi ochlik tuyg‘usiga, ikkkinchisi to‘yganlikka javob beradi.

Olimlar buni tekshirish uchun 11 ta tadqiqot o‘tkazishdi, ularda umumiy hisobda 172 kishi ishtirok etdi. Bu tadqiqotlarda sun’iy ravishda buzilgan va normal uyqudan keyin 24 soat ichida kaloriyalar iste’mol qilinishi taqqoslandi. Bundan tashqari, to‘yib uxlamaydigan odamlar yog‘liroq va oqsili kamroq yegulik xush ko‘radilar.

Boshqa tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, to‘yib uxlamaslik oqibatida miyaning taqdirlash tizimi ishiga javobgar sohasi taom yeganda yuqoriroq faollikni namoyon qiladi.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 04.11.2016 18:34
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot
Izoh Qoldirish!
Siz hali ro'yhatdan o'tmadingiz shu sababdan izoh qoldirolmaysiz, iltimos besh daqiqa vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting!
waplogspywap.net
waplog