O‘rikning foydali xususiyatlari bilan tanishamiz

O‘rikning har bir turi o‘zining betakror ta’mi bilan barchamizga xush yoqadi. Uni sarhilligida, qaynatib, qolaversa quritilgan holda ham iste’mol qilamiz.

O‘rikning foydali xususiyatlari

O‘rik iste’mol qilish kishining umumiy ahvoliga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yurak-qon tomir va oshqozon-ichak kasalligiga chalingan yoki ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi kishilar mazkur mevaga ko‘proq e’tibor qaratishlari lozim.

O‘rik mevasi gipovitaminoz yoki avitaminozda va kamqonlikda yaxshi yordam beradi. U, shuningdek, saraton xastaligida ham sog‘liqni mustahkamlaydi. Bu ajoyib, ishtaha ochuvchi meva organizmning turli xastaliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi va organizmning hayotiy muhim funksiyalarini qayta tiklaydi.

Semirishga qarshi o‘rik parhez mahsuloti sifatida yeyiladi. Butun dunyo diyetologlari o‘rik moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilish jarayoni uchun foydali mahsulot degan fikrga kelgan.

Har kuni undan atigi 100 gramm tanovvul qilish orqali muntazam ich kelishiga erishish va ichaklardagi gazdan xalos bo‘lish mumkin. Temir moddasiga boyligi tufayli uning 100 grammi 250 gramm jigarning o‘rnini bosadi.

Miyaning faolligi uchun magniy va fosforga boy ushbu mevani iste’mol qilish tavsiya etiladi. Uning tarkibidagi magniy yuqori qon bosimini pasaytirishda ham qo‘l keladi.

O‘rik tarkibi

O‘rik tarkibining 10,5 foizini tashkil etuvchi shakar unga o‘ziga xos mayin ta’m beradi. Bundan tashqari, unda yana inulin, olma, limon va uzum kislotalari, hamda organizmdan ortiqcha xolesterin va zaharli moddalarni chiqaruvchi kraxmal va pektin ham mavjud.

Shuningdek quyidagi vitaminlar ham bor:

– A provitamini, organizmning ichida A vitaminining yuzaga kelishiga olib keladi. Organizmning yuqumli kasalliklarga qarshiligini oshiradi, terining tashqi holatini yaxshilaydi.

– B vitamini, yurak-qon tomirlari tizimi bilan bog‘liq xastaliklarni davolashda muhim shifobaxsh xususiyatlarga ega.

– C vitamini, organizmning umumiy qarshiligini oshirib, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Ushbu vitaminning yetarli darajada bo‘lishi ko‘plab og‘ir yuqumli xastaliklarning oldini oladi.

Qolaversa, o‘rik mevasi juda ko‘p mineral tuzlarga ega bo‘lib, ularning odam organizmida kam miqdorda bo‘lishi suyaklarning buzilishiga olib keladi. Mineral tuzlar kishining asab tizimi va moddalar almashinuvining normallashuvi uchun ham muhim sanaladi.

O‘rik sharbati

Hatto Qadimgi Xitoyda holdan toygan bemorlar o‘rik sharbati yordamida quvvatga kirgan. Uning sharbati mevaning o‘ziga qaraganda yengil o‘zlashtiriladi. O‘rik sharbati homilador ayollar, qolaversa bolalar uchun juda foydali hisoblanadi. Chunki u ko‘p miqdordagi kalsiy tuzlari va temir moddasiga ega. 150 gramm o‘rik sharbati ichish orqali organizmning karotinga bo‘lgan kunlik ehtiyojini qanoatlantirish mumkin. Yangi uzilgan o‘rik mevalari bo‘lmagan hollarda uning o‘rnini turshak ham bosa oladi.

Maqolani tayyorlashda internet manbalaridan foydalanildi.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
230 YOQDI 4 YOQMADI
- Joylandi: 30.05.2016 22:07
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU