Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Nobel mukofotining 2016 yilgi laureati ro‘za tutishning foydasini isbotladi

Shu yilning 3 oktyabr kuni tibbiyot va fiziologiya sohasida Nobel mukofotining laureati e’lon qilindi. Tokio texnologiya universitetining biologiya hujayralari bo‘yicha mutaxassisi Yosinori Osumi (Yoshinori Ohsumi) «autofagiyalar mexanizmini kashf qilgani uchun» ushbu mukofot sohibi bo‘ldi.

Nobel qo‘mitasi axborotnomasida keltirishicha, Osumining kashfiyoti ochlikka moslashish va infeksiyalarga qarshi turish kabi tushunchalarda autofagiyaning ahamiyatini anglashga yo‘l ochdi.

Autofagiya – bu hujayralarning kerakmas qismlarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash jarayonidir. Atamaning o‘zi ikkita grekcha so‘zlardan shakllangan bo‘lib, «o‘zini o‘zi yemoq» ma’nosini anglatadi.

Autofagiya o‘ziga xos tirik organizmlar, shu jumladan, bizning organizmlarimiz bilan mavjud. Uning tufayli hujayralar kerakmas qismlardan xalos bo‘ladi, organizm esa kerakmas hujayralardan. Shuningdek, autofagiya tufayli hujayralar infeksiyalardan va toksinlardan ham tozalanadi.

Autofagiya organizm stressda bo‘lgan holatda zo‘r berib ishlaydi. Masalan, och qolganda. Bunda hujayralar o‘zining ichki resurslari – to‘planib qolgan «axlat»lardan energiya ishlab chiqaradi.

Yosinori Osumining kashfiyoti shundan dalolat beradiki, och qolish, ya’ni ro‘za tutish foydali – organizm chindan ham tozalanadi.

Laureatning hamkasblari ishontirishicha, autofagiya organizmni erta qarishidan ham saqlaydi. Yangi hujayralar paydo bo‘lishi hisobiga hatto yoshartiradi.

Autofagiya jarayonining buzilishi esa Parkinson, diabet, saraton kasalliklariga olib keladi.

Yosinori Osumi 1945 yilda tug‘ilgan. U Nobel mukofotini (950 ming AQSh dollaridan ziyod pul) 10 dekabrь kuni Stokgolьmda qabul qilib oladi.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 07.10.2016 20:56
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot
Izoh Qoldirish!
Nu ruza tutw xam sovob xam foydalikande...
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog