Ko'zdan Kechirish
Nima uchun alyuminiy folgani pishirishda ishlatish mumkin emas?

Folga ichida go‘sht, baliq va sabzavotlarni pishirish juda qulay, lekin undagi alyuminiy parchalari ovqatga tushadi — bu esa sog‘liq uchun zararli.

Alyuminiyning sog‘liqqa ta’siri

Organizmimiz unchalik katta bo‘lmagan miqdordagi alyuminiyni bemalol chiqara oladi. Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, alyuminiy iste’mol qilishning xavfsiz miqdori — bir kunda 1 kg og‘irlik uchun 40 mg dan iborat.

Lekin odatda organizmga ko‘proq alyuminiy tushadi. U makkajo‘xori, pishloq, tuz, ziravorlar, choy tarkibida mavjud. Alyuminiydan idishlar qilinadi, u antatsidli dori vositalarida va antiperspirantlarda qo‘llaniladi. Sulьfat alyuminiy ichimlik suvini tozalashda ishlatiladi.

Alyuminiy qanday qilib ovqatga tushadi?

Alyuminiydan qilingan idishlar oksidlanadi: ularning ustida kislorodning alyuminiyni ovqatga tushishdan saqlaydigan inert qavati hosil bo‘ladi.

Muammo shundaki, yuvish vaqtida biz bu himoya qavatini tozalab tashlaymiz. Buning oldini olish uchun yangi alyuminiy idishda, uning ichi va devorlari yaltiramaydigan holatga kelguncha, bir necha marta suv qaynating. Bu tabiiy himoya qavatini yuzaga keltiradi.

Albatta, folgani bunday qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun pishirish vaqtida undan ovqatga katta miqdorda alyuminiy tushadi. Bu belgilangan me’yordan ancha ko‘proq.

Ayniqsa, limon yoki tomat sharbatlari, spirtli ichimliklar kabi masalliqlar ishlatilganda ovqatga ko‘proq alyuminiy tushadi — ular folgani qisman eritish xususiyatiga ega.

Shuning uchun tadqiqotchilar alyuminiy folgadan voz kechishni va pishirish uchun shisha yoki sopol idishlardan foydalanishni maslahat beradilar.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 16.09.2017 16:07
- Категория: Xayotiy Maslahatlar!, Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях: