Ishtahani ochish uchun

SAVOL: Meni savolim shundan iborak ediki, meni ertalab ishtaham yaxshi bo‘lmaydi va o‘z-o‘zidan yaxshi nonushta qila olmayman. Kech payt ovqat yemasam ham baribir ertalabki nonushta paytida ishtaham bo‘lmaydi. Sport bilan muntazam shug‘ullanib turaman. Ishtahani yaxshilash uchun qanday usullardan foydalanish kerak va qaysi shifokorga murojaat qilsam maqsadga muvofiq bo‘ladi.

JAVOB: Sportchilardagi ishtahasizlik asosan tanadagi suv balansining buzilishi tufayli yuzaga keladi. Sizga sportchilardagi bu holatni tiklash uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

  • Tiklanish uchun kerakli suyuqlik xajmi yo‘qotilganiga qaraganda 1,5 marta ko‘p bo‘lishi kerak. Bu sportchiga mashg‘ulotdan keyin uning o‘rnini to‘ldirishga yordam beradi;
  • Tarkibida elektrolitlar bo‘lgan sport ichimligi oddiy suvga qaraganda 3 marta tezroq tiklanishga yordam beradi;
  • Suv bilan ovqat birgalikda qabul qilinganda – yaxshi o‘rin to‘ldiruvchi bo‘lib hisoblanadi. Chunki oziq — ovqatlarda suyuqliklarga qaraganda elektrolitlar miqdori yuqori;
  • Katta miqdorda elektrolitdar yo‘qotilganda (tuzli terlash) qo‘shimcha natriy iste’mol qilish kerak;
  • O‘rin to‘ldirish xarakatlari keyingi mashg‘ulotdan 0,5-1,0 soat oldin yakunlanishi zarur.

Sportchilarning ovqatlanishi borasida «Sog‘lom ovqatlanish — salomatlik mezoni» kitobida ham yaxshi ma’lumotlar berilgan. Kitobni Telegram’dagi kanalimiz «@Moqina_Net» dan yuklab olishingiz mumkin.

Deb xabar tarqatadi quydagi manba.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
418 YOQDI 2 YOQMADI
- Joylandi: 15.09.2016 12:08
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU