Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Erta turib, charchoqni his qilmaslikning 5 ta yo‘li

Har kuni 6—8 soatlik uyqu har bir kishi uchun zarur degan umumiy tushuncha mavjud. Ammo so‘nggi tadqiqotlar bu haqiqatdan uzoqroq ekanligini ko‘rsatdi. Buning ustiga, Buyuk Britaniyaning Surrey universiteti Uyqu tadqiqot markazi olimlari uyquning sifati uning miqdoridan ancha muhimroq ekanligini da’vo qilmoqda. Uyquning sifatiga nima ta’sir qiladi? Yetarlicha uxlamagan bo‘lsak ham, erta turib, o‘zimizni tetik his qilishimizga nima yordam beradi? Tinch uyquga qanday tayyorlanish kerak?

Kechasi qahva va shokoladdan voz keching

Kechasi yaxshilab to‘yib uxlamoqchimisiz? Unda uyqungiz sikli uzluksiz bo‘lishi kerak. Quvvat to‘plab olish uchun 4 soatlik chuqur uyqu sizga yetarli bo‘ladi, asosiysi, bu uyqu uzilmasligi kerak. Tungi uyqusizlikning eng ko‘p tarqalgan sabablaridan biri — noto‘g‘ri ovqatlanish; ba’zi mahsulotlat hazm qilish tizimiga shunday ta’sir ko‘rsatadiki, siz tinchgina uxlay olmaysiz. Qahva va shokolad ana shunday mahsulotlar sirasiga kiradi.

Naq uyqudan avval hojatga chiqing

Ba’zilar uyqudan oldin kechgacha kitob o‘qiydi, televizor ko‘radi yoki internetda o‘tiradi va hojatga chiqishni unutadi. Biroq siydik pufagi asta-sekinlik bilan sezdirmasdan to‘la boshlaydi, buyraklar esa uxlayotgan vaqtimizda tuni bo‘yi ishlaydi. Bu shuni bildiradiki, siydik pufagi ertalabgina to‘lsa-da, u sizni kechasi bezovta qiladi. SHu tufayli ushbu noqulaylikka duch kelmaslik uchun uyqudan oldin hojatga chiqing.

Yaxshi va kayfiyatni ko‘taradigan narsa haqida o‘ylang

Stress va tashvish kayfiyatingizga, shuningdek, uyqu vaqtida paydo bo‘ladigan fikrlash modeliga va organizmdagi tashvish uchun javob beradigan kortizol miqdoriga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu tufayli biz to‘yib uxlagan bo‘lsak ham, charchoqni his qilishimiz mumkin. Buning oldini olish uchun oldindan yaxshi narsalarni rejalashtiring va keyingi kunda kutiladigan yoqimli onlarni tasavvur qiling.

Ertalabki badantarbiya mashqlarini bajaring

Ertalab turib, quvvatga to‘la ekanligingizni his qilsangiz ham, bu hissiyotni qo‘llab-quvvatlamasangiz, u ketib qolishi mumkin. Bu vaziyatda sizga badantarbiya yordamga keladi. U kayfiyatingizni yaxshilab, sizga kun davomida xayol va diqqatni bir yerga jamlashda yordam beradi. Hatto eng oddiy mashqlar ham, masalan, yugurish, shunga olib keladiki, miya qonga endorfinlar ajralishi haqida signal beradi, ular esa stress, charchoq simptomlarini, ba’zan hatto, og‘riqni ham bartaraf etadi.

Uyg‘ongandan so‘ng darhol suv iching

Ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, ertalabdan ichilgan bir piyola suv metabolizmni tezlashtiradi, natijada siz tezroq uyg‘onasiz va shu zahotiyoq tetiklikni his qilasiz. Issiq ichimliklarga keladigan bo‘lsak, qahvani har kuni ham ichmaslikka harakat qiling. U sezgi organlari ishini tezlashtiradi, ammo vaqt o‘tishi bilan tanamiz kofeinga ko‘nikib qoladi va istalgan natijaga erishish tobora qiyinlashib boraveradi. Qahvani ba’zida, o‘zingizni juda charchagan his qilganingizda iching, boshqa kunlari uning o‘rnini meva va choy bilan bosing.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 01.01.2017 17:45
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog