Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Dietasiz ozish yo'llari

Ko'pchilik ozishni istaydi-yu, lekin dieta tutishga sabri chidamaydi. Quyidagi maslahatlar dietasiz ozish yo'llari ochib beradi.
1. Har bir taomingizda albatta oqsilga boy mahsulot bo'lishini ta'minlang. Bu mahsulotlarga baliq, dengiz mahsulotlari, yog'sizlangan sut mahsulotlari, yog'siz mol go'shti, soya mahsulotlari va tuxum kiradi.
2. Kalloriyaga boy mahsulotlardan umuman voz keching. Bularga kartoshkali chipslar, sho'r danaklar, mayonez, qovurilgan pirojki, shokolad pastasi kiradi. Bu mahsulotlar ozish yo'lida eng katta to'sqinlik yaratib turadilar.
3. Suli yormasi (ovsyanka) juda foydali va oshqozonni to'q tutib turuvchi mahsulot. Har kuni ertalabki nonushtaga suli yormasidan qaynagan suvda yoki yog'sizlangan sutda kasha pishirib yeng. Mazali bo'lishi uchun asal, quruq mevalar yoki yogurt qo'shishingiz mumkin.
4. Sho'rva. Ozish yo'lida eng yaxshi hamroh. Organizmga yetishmaydigan suyuqlik miqdorini qoplab ko'plab vitaminlarga boy sho'rvadan iste'mol qilib turing. Ayniqsa piyoz, pomidor, karam, kabachok mahsulotlaridan pishirilgan sho'rva oshqozon ichak tizimini tozalash xususiyatiga ega.
5. Sarimsoq piyoz va oddiy piyoz organizmdagi modda almashinuvi jarayonini tezlashtiradi. Undan tashqari ozayotgan organizmni shamollashdan asrab turadi.
6. Kraxmal ham ozish uchun katta to'sqinlik yaratadi. Kraxmalga boy bo'lgan kartoshka va non mahsulotlaridan batamom voz kechish qiyin bo'lgani uchun bu mahsulotlardan 2 kunda bir marta yeb turish maqsadga muvofiq bo'ladi.
7. Dietasiz ozayotganda asosiy maqsad kam yeyish emas, balki kalloriyalik mahsulotlardan voz kechishdir. Shunday ekan iste'mol qilishda shirinliklar, kolbasa va sosiska mahsulotlari, yog'li pishloq turlari miqdorini kamaytiring.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 22.02.2015 23:22
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot, Ayol va Qizlar Tibiyoti!
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog