Ko'zdan Kechirish
Asaldan 20 ta shifobaxsh retsept


Oshqozon yarasi bezovta qilganda…

…ertalab va kechqurunlari bir choy qoshiq asalni og‘izga solib, shimib yurilsa, foyda qiladi.

Bola kechalari ko‘p yig‘lab chiqsa…

…vaqti-vaqti bilan labiga asal surting. Kattalarga ham uyqusizlikda asal yordam beradi. Buning uchun valeriana eritmasini asalli suvga qo‘shib ichish kerak.

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun…

…asalni qizil sabzi sharbatiga qo‘shib, doimiy ravishda ichib yurish lozim.

Bosh og‘risa…

…bo‘yimodaron (tыsyachilistnik) damlamasiga asal qo‘shib, soch ildizlariga surtiladi.

Qondagi gemoglobin darajasini ko‘taradi…

…agar kefirga asal aralashtirib ichsangiz.

Tomoq og‘rig‘i va gaymoritda…

1 l. qaynagan suvga 100 gr. asal va 50 gr. tuz qo‘shing. Ushbu aralashma bilan tomoq va og‘iz bo‘shlig‘i g‘arg‘ara qilinsa, yallig‘lanish jarayonini to‘xtatadi. Burunga olib chayilganida esa gaymoritni davolashda ko‘maklashadi.

Qon bosimini tushiradi…

…agar asalni yalpiz va kashnich sharbatiga aralashtirib ichilsa.

Tishlaringizni oqartirishni istasangiz…

…asalga yerqalampir (xren) sharbatini aralashtirib yuving.

Teri kuyishi va boshqa muammolarida…

…shivit suviga asal qo‘shib, yaraga qo‘yib bog‘lansa, yordam beradi.

Qovug‘i bo‘sh bolalarga…

…doimiy ravishda no‘xat, asal va petrushkani aralashtirib berib turilsa, peshob tutishni yaxshilaydi.

Yo‘tal bezovta qilsa…

…iliq sutga asal solib iching.

Grippning oldini olish uchun…

200 grammdan asal va sariyog‘, 20 gr. un va uch dona tuxum sarig‘ini qo‘shib, ko‘pirtiring. Aralashmani muzlatkichda saqlang. Kuniga 3 mahal 1-3 choy qoshiqqa 1 tomchi lyugolь eritmasidan solib, ovqatdan oldin qizil sabzi yoki limonli suv bilan iching.

Yuz terisini tozalash uchun…

…50 grammdan asal va bodring suvini aralashtirib surting. Yarim soatdan so‘ng yuvib tashlang.

Ajinlarni yo‘qotish uchun…

…25 gr. asalga bitta tuxum sarig‘i, yarim choy qoshiq glitserin solib aralashtiring. Tozalangan yuz terisiga surtib, 15 daqiqadan so‘ng yuving.

Furunkul va yaralarda…

1 osh qoshiq asalga 2 ta tuxum sarig‘i, yarim choy qoshiq tuz va ozroq un solib, xamir qoring. Xamircha furunkul va boshqa yaralarga qo‘yib bog‘lansa, ularni oson bartaraf etadi.

Buyrak muammolarida…

Asalni na’matak damlamasiga qo‘shib ichilsa, buyrakni quvvatlantirib, tuzlari chiqib ketishida yordam beradi.

Xotira zaiflashsa…

200 grammdan asal, piyoz suvi va limon aralashmasini ovqatlanish vaqti 1 osh qoshiqdan yeb turilsa, xotirani mustahkamlaydi.

Mastit davosi

Asalni zaytun yog‘i bilan aralshtirib, ko‘krakka kompress qilinsa, mastitni davolaydi.

Miomaga qarshi chora

Jo‘ka (lipa) asali bilan miomadan qutulish mumkin. Buning uchun ar kuni 2-3 qoshiqdan shu asalni iste’mol qiling. Propolisini esa dokaga o‘rab, 1 hafta davomida kechasi qin ichiga qo‘yiladi. 3 kun dam olib, yana bir haftalik davolash muolajasi o‘tkaziladi.

Jigar uchun foydasi

Tvorogga asal qo‘shib iste’mol qilinsa, jigarga foyda.

Поделись с друзьями:
- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 16.09.2017 16:07
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Имя:
Почта:
Код:

Рекламаlower
НАЗАД
ГЛАВНАЯ