Kartadan kartaga pul o‘tkazish: shartnoma tuzilishi kerakmi?

Yaqinda banklar yangi xizmatni — bir jismoniy shaxsning kartasidan ikkinchi shaxsning kartasiga pul o‘tkazishni ishga tushirdi. Norma ushbu shaxslar pul o‘tkazmalari haqida shartnoma tuzishi kerak-kerak emasligi, shuningdek, mablag‘ qabul qiluvchida soliq bilan bog‘liq qanday vaziyatlar yuzaga kelishiga aniqlik kiritdi.

Ikki xil holatda jismoniy shaxslar o‘rtasida yozma shaklda shartnoma tuzilishi kerak. Birinchidan, summa eng kam ish haqining 10 barobaridan oshsa, tuziladi. Ikkinchidan ushbu talab qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, shartnoma imzolanadi.

Toshkent shahri soliq boshqarmasi bergan izohga ko‘ra, jismoniy shaxslardan beminnat olingan mulklar (pul ham mulk hisoblanadi), shu jumladan hadya shartnomasi bo‘yicha, boshqa daromadlar bilan bir qatorda jismoniy shaxsning umumiy daromadiga kiritiladi, ammo soliq solinmaydi.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 10.11.2016 21:30
- Kanal: Texnalogiya Haqida
Izoh Qoldirish!
Siz hali ro'yhatdan o'tmadingiz shu sababdan izoh qoldirolmaysiz, iltimos besh daqiqa vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting!
waplogspywap.net
waplog