Eskirgan Telefonlarni nima qilish kerak???

Hozirgi kunda biz gadjetlarni uzog‘i bilan 2-3 yilda alishtirishga o‘rganib qoldik. Smartfonlarning almashtirilish vaqti planshetlarga nisbatan birmuncha tezroq ekanini yaxshi bilasiz. Odatda, eskirgan qurilmalarni kimgadir sotamiz, berib yuboramiz yoki shunchaki uyning bir chetiga tashlab qo‘yamiz. Biroq ularni boshqa maqsadlarda ham ishlatish mumkin. Hozir ana shunday eskirgan matohlarning “ikkinchi umri” borasida ba’zi narsalarni ma’lum qilmoqchimiz.

Multimedia: oshxonadagi radio va TV

Eski qurilmadan samarali foydalanishning eng oddiy usullaridan biri – uni «ko‘chmas» musiqiy markaz yoki radio sifatida ishlatishdir. Buning uchun esa bor-yo‘g‘i oddiy audiopleyer dastur kerak bo‘ladi.

Smartfonning ichki xotirasidan olingan musiqani yoki internet-radio servislari, masalan, «Yandeks.Radio»ni tinglash uchun oddiy pleyer kerak bo‘ladi,  xolos. Agar ichki dinamiklarning tovush balandligi yetarli bo‘lmasa, simli yoki simsiz akustika ham ulash mumkin. Bugungi kunda mobil qurilmalar uchun jajji va arzon kolonkalardan tortib, juda kuchli tizimlargacha topsa bo‘ladi. Uyda har kuni foydalanish uchun biz har ikki toifa orasidan joy olgan Divoom Voombox`ni tanladik. Ushbu gadjet portotiv qurilma uchun juda yaxshi bo‘lgan 30 vatt quvvatga ega, bundan tashqari, suv va chang o‘tkazmasligi bois uni oshxona va yuvinish xonasida ham bemalol ishlatsa bo‘laveradi.  6000 mAs.li ichki akkumulyator bir necha soat mobaynida, jumladan, tabiat qo‘ynida musiqa tinglash imkonini beradi.

Planshet oshxonada teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish uchun ajoyib variant bo‘la oladi. Buning uchun unga teledasturlarni qabul qiluvchi ilova o‘rnatilsa kifoya. Rossiya kanallarini IPTV ilovasida (Saqlab oling: IPTV) bepul ko‘rish mumkin. Unda Internetda keng tarqalgan pleylistlar ham mavjud bo‘lib, ular odatda hududiy telekanallarni tomosha qilish imkonini beradi.

Multimedia: uy tarmog‘i uchun audio va videoserver

Eski gadjetni ishlatishning yana bir varianti  — musiqani uy tarmog‘idagi har qanday qurilmaga: planshetdan to televizorgacha tarqatib beradigan mediaserverga aylantirishdir. Smartfondan yasalgan mediaserver shovqinsiz va energiya iste’moli jihatidan samarali bo‘ladi, xatto to‘g‘ri sozlansa, aksariyat pristavkalar va qimmatbaho NAS`dan kam ishlamaydi. Buning uchun sizga bor-yo‘g‘i bitta ilova – Kodi (Saqlab oling: Kodi) kerak bo‘ladi.  U bepul va qulay interfeysga hamda ochiq chiqish kodiga ega.

Kodi`ni sozlash oson va atigi bir necha daqiqa vaqtni oladi xolos. Birinchi galda, dastur o‘rnatilganidan va ishga tushirilganidan keyin asosiy ekranda «Tizim» bo‘limidagi «Sozlash»ni oching, so‘ngra «Xizmatlar» — «UPnP/DLNA» bo‘limiga o‘ting va «Mediatekadan foydalanishni yoqish» bandini faollashtiring. Keyin «Veb-server» bo‘limida «HTTP  bilan masofadan boshqarishga ruxsat berish» bandini faollashtiring. Bu boshqa qurilmalar smartfonning mulьtimediaviy kutubxonasidan foydalana olishi uchun imkoniyat yaratadi.

Shundan so‘ng faqatgina Kodi kutubxonasiga o‘z fayllaringizni qo‘shsangiz kifoya. Buning uchun asosiy menyuda kategoriyalardan birini («Foto», «Video» yoki «Musiqa») tanlang va oldin «Fayllar», so‘ngra — «…qo‘shish»ni bosing. «Obzor» tugmachasini bosish bilan foydalansa bo‘ladigan manbalar ro‘yxati ochiladi. Bizni ichki to‘plagichdagi fayllar qiziqtiradi. Shu bois «Tub FS» bandini tanlash, kerakli papkani topish va OK tugmachasini bosish kerak. «Fayllar» bo‘limida kontent papkalarga taqsimlangan bo‘ladi (boshqacha aytganda, istalgan fayl menejeridagi kabi ko‘rinishga ega bo‘ladi).

Agar gap musiqa haqida borayotgan va sizda ID3-teglar joyida bo‘lsa, o‘z kolleksiyangizni ijrochilar, albomlar va janrlarga ajratgan holda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Video borasida esa aksariyat filmlar haqidagi ma’lumot onlayn-manbalardan yuklab olinadi.

Shu bilan butun sozlash yakuniga yetadi: endi siz istalgan qurilmadagi, u xoh kompьyuter, planshet, xoh aqlli televizor bo‘lsin, DLNA-mijozni ochib, smartfonda saqlanayotgan musiqa yoki videoni aylantirishingiz mumkin. Sizning eski-yangi mediaserveringizni javonning biror burchagiga tashlab qo‘yib, uni masofadan turib boshqarish ham mumkin.

Kelgusida siz sozlashni o‘zgartirishni, masalan, mediaserverning imkoniyatlarini oshiruvchi ko‘plab plaginlardan birini o‘rnatishni yoki yangi resurslar qo‘shishni istab qolishingiz mumkin. Bu ishni ham masofadan turib bajarsa bo‘ladi. Buning uchun uy tarmog‘idagi istalgan qurilmada brauzerning manzil qatoriga mediaserverning lokal IP-manzilini kiritish va ikki nuqtadan keyin uning portini (qoida tariqasida — 8080) yozish kerak xolos.

Kodi ilovasini boshqa Android-qurilmadan boshqarish yanada oson.  Kore ilovasi (Saqlab oling: Kore) istalgan smartfonni pulьtga aylantira oladi.

Mediaserverning funksiyasi borasida hammasi yaxshi bo‘lishi mumkinu, faqat filьmlar smartfon xotirasida juda ko‘p joy olishi tayin, hajmi 200 GB va undan ortiq bo‘lgan xotira kartalari nafaqat qimmat turadi, balki barcha qurilmalar ham ularni ko‘tara olmaydi. Shu bois smartfonga tashqi to‘plagich – fleshka yoki 2,5 dyuymli HDD yoxud SSD ulash tavsiya etiladi. Buning uchun sizga bir vaqtning o‘zida to‘plagichni ulash va energiya yetkazib berish imkoni bo‘lgan USB OTG kabelь zarur bo‘ladi. To‘g‘risi, bu kabi kabellar smartfon va planshetlarning barcha modellariga ham mos kelavermaydi.

Videokuzatuv: IP-kamera yoki radio enaga

Eski smartfondan xonadonni masofadan turib kuzatish va video yozib olish uchun bepul IP-kamera yasasa ham bo‘ladi. Buning uchun IP Websam (Saqlab oling:IP Webcam) o‘rnatilsa, ya’ni dasturni o‘rnatib, «Ishga tushirish» tugmachasi bosilsa, kifoya.

Shundan so‘ng simsiz lokal tarmoqda bo‘lgan istalgan qurilmada brauzerni ochib, smartfonning IP-manzilini (u «Ishga tushirish» tugmachasi bosilganlan keyin ekranning pastida ko‘rinadi) va portni (qoida tariqasida — 8080) yozish kerak, shunda masofadan turib video ko‘rishga imkoniyat ochiladi. Shu yerning o‘zida videoning sifatini, kattalashtirish va boshqa ko‘plab parametrlarni  sozlash mumkin. Smartfonning ichki xotirasiga video yozish uchun tegishli tugmacha bosilsa kifoya. 5 daqiqadan 2 soatgacha hajmdagi videolarni yozib olish imkoniyati bor, bunda joy to‘lib qolganida eski yozuvlar o‘chirib tashlanadi. Smartfondan videoni brauzer orqali «Videoarxiv»  ilovasidagi komanda orqali yuklab olish mumkin.

IP Websamning imkoniyatlari juda keng: dastur kamera oldidagi harakatni ushlay oladi, smartfon yoqilganda avtomatik tarzda yoqilishi mumkin, yozuvlar ustida xizmat qaydlaorini kiritish va boshqa bir qator funksiyalarni taklif etadi. bulardan tashqari, IP Websamli smartfondan veb-kamera sifatida ham foydalansa bo‘ladi, buning uchun ilovaning veb-interfeysidagi havola orqali o‘tib, drayver o‘rnatilsa kifoya. Ammo veb-kamera rejimida ilova tovushni uzata olmaydi, bu esa smartfondan mazkur yo‘nalishda foydalanish samaradorligini pasaytirib yuboradi.

Kameradan Internet orqali video tomosha qilish ikki xil yo‘l bilan amalga oshiriladi. Birinchisi – statik IP-manzildan foydalanish va portlarni marshrutizator orqali tashlab berish. Aksariyat foydalanuvchilarda IP-manzil dinamik, ya’ni vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadigan bo‘ladi. Bunday holatda kameradan doimiy ravishda foydalana olish uchun DynDNS pulli serveridan foydalanish mumkin. U sizning tarmog‘ingizdagi qurilmalarga o‘zgarmaydigan domen nomi beradi.

IP Websam ilovasi bepul yengil versiyaga ham ega bo‘lib, uning asosiy cheklovi barcha yozib olingan videoroliklarning burchagida «IP Websam yordamida yozib olingan» degan yozuvning turishidir.

Bundan tashqari, eski smartfondan ilovalar yordamida radio enaga – bola uyg‘onganidan xabar beruvchi qurilma yaratish ham mumkin. Bu toifadagi dasturlarning eng yaxshilaridan biri — Baby Monitor (Saqlab oling: Baby Monitor). Bolalar karovatchasi atrofida shovqin paydo bo‘lishi bilan ilova sizga SMS yuboradi yoki kiritilgan raqamga qo‘ng‘iroq qiladi. Baby Monitor surat ham yuborishi mumkin. Mazkur ilovaning sozlamasi faqat bitta, ammo juda foydali: polzunka yordamida mikrofonning sezgirligini oshirish mumkin.

Gadjetdan masofadan turib kuzatish moslamasi yoki radio enaga sifatida foydalanishingizdan qat’i nazar, smartfonni to‘g‘ri holatda joylashtirishingiz zarur bo‘ladi. Buning uchun egiluvchan moslamadan, masalan, mana bunaqasidan foydalanish mumkin.

Xavfsizlik: IP-kameralar uchun terminal

Ko‘pchiligimiz videokuzatuvning sanoat tizimlarini ko‘rganmiz. Ularda o‘nlab kamerlardan olingan tasvirlar bir juft ekranda aks etib turadi. Uy sharoitida foydlanish uchun esa buncha ko‘p kameraning keragi yo‘q. Agar sizda ulardan bir nechta bo‘lsa ham smatrfon yoki planshet masofadan turib, doimiy kuzatish vazifasini bemalol uddalay oladi. Smartfon bilan juftlikda ONVIF protokolini ko‘tara oladigan istalgan IP-kameradan, masalan, u qadar qimmat bo‘lmagan, xotira kartasi, Wi-Fi va infraqizil yoritgichi bo‘lgan Wanscam HW0021 kamerasidan foydalanish mumkin.

Kamerani masofadan turib boshqarish uchun tinySam Monitor (Saqlab oling:tinyCam Monitor) universal ilovasidan foydalangan ma’qul. U bir vaqtning o‘zida bir nechta kameradan olingan tasvirlarni ko‘rish hamda masofadan turib ularni boshqarish (burish, zum, yoritgich) imkonini beradi. Albatta, yozuvlarni turli xil vositalarga saqlab qo‘yish imkoniyati bor. tinySamning bepul versiyasi ham mavjud, ammo u kameralar soni, ovozni uzatish davriyligi va boshqa bir qator funksiyalar bo‘yicha cheklovlarga ega.

Xavfsizlik: kirish eshigi uchun signalizatsiya

Eski smartfondan foydalanishning nostandart usullaridan biri uning yordamida signalizatsiya yaratishdir. Agar u eshikka o‘rnatilib, DoorSes Quisk Door Sesurity ilovasi (Saqlab oling: DoorSe Quisk Door Security) yuklansa, gadjet har qanday harakatni sezadi (buning uchun akselerometrdan foydalaniladi) va baland ovozda sirena chaladi hamda kiritilgan raqamga SMS jo‘natadi.

Ilovani birinchi marta ishga tushirishda ishonchli telefon raqamini kiritish va ARM tugmachasini bosish kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng sizda eshikni yopish yoki smartfonni boshqa joyga o‘rnatib, to‘rtta belgili PIN ni eslab qolish uchun 20 soniya vaqt bo‘ladi. Smartfonni qo‘riqlashdan o‘chirish uchun yoki ishonchli telefon raqamidan qo‘ng‘iroq qilish yoxud gadjetning o‘zida PIN ni kiritish zarur.

Xulosa

Garchi gadjetingiz eskirib, korpusi yedirilib ketgan, ekraniga darz yetgan yoki boshqa kamchiliklari bo‘lsa ham uni tashlab yuborishga shoshilmang. Mohir qo‘llar bunday mobil qurilmalarga qayta hayot bag‘ishlashi va uzoq vaqt davomida yangi vazifalarni bajarishga yo‘naltirishi mumkin. Biz yuqorida eski qurilmalardan foydalanishning eng qiziqarli bir necha usulini sanab o‘tdik, ammo siz ozgina fantaziya qilib yana boshqa foydali jihatlarni kashf etishingizga ishonchimiz komil. Masalan, smartfonni mobil routerga aylantirib, dala hovlingizdagi barcha qurilmalarga Internet tarqatishingiz mumkin. Agar sizda eski smartfon yoki gadjetdan samarali foydalanish borasida qiziqarli takliflar bo‘lsa, izohlarda o‘z tajribangiz bilan o‘rtoqlashing.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
416 YOQDI 2 YOQMADI
- Joylandi: 29.08.2016 02:02
- Kanal: Texnalogiya Haqida
Izoh Qoldirish!
!Javob Life 20:42
Zo'rku
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU