Yaponiyadagi zilzila vaqtida osmonda noma`lum jism qayd qilindi

Yaponiyalik o’smirning Fukusima prefekturasi yaqinida 7,3 magnitudalik zilzila yuz berishidan keyinoq suratga olgan videosi mutaxassislarni xavotirga qo’ydi.

21 noyabrdan 22 noyabrga o’tar kechasi Fukusima prefekturasi ustidan osmonda noma`lum jism yorqin iz qoldirib uchib o’tgan. Daily Mirror nashri jurnalistlari ma`lumotlariga ko’ra, noma`lum uchar jism katta meteorit bo’lgan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarning ba`zi foydalanuvchilari bu noma`lum jism bilan go’yoki Shimoliy Koreya yoki Xitoy tomonidan maxfiy gipertovushli qurolning sinalishi o’rtasida aloqa borligini ta`kidlashmoqda.

Hozircha Yaponiyaning kompetent idoralaridan bunga hech qanday izoh berilmagan.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 23.11.2016 20:10
- Kanal: Kun Yangiliklari!
Izoh Qoldirish!
Siz hali ro'yhatdan o'tmadingiz shu sababdan izoh qoldirolmaysiz, iltimos besh daqiqa vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting!
waplogspywap.net
waplog