“Real” jamoasi Ronaldu, Beyl va Benzema birgalikda maydonga tushgan o‘yinlarda “Barselona”ni mag‘lubiyatga uchrata olmagan

Ispaniya nashrlari La Liganing 31-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuv oldidan Madrid klubi muxlislarini ranjitadigan faktni aniqladi, deb xabar beradi“ Chempionat”.

“Real” jamoasi “Barselona”ga qarshi o‘yinlarda Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Karim Benzema birgalikda asosiy tarkibda maydonga tushganida mag‘lubiyatga uchragan. Ushbu futbolchilar birgalikda “Barselona”ga qarshi jami 3 ta o‘yinda maydonga tushgan va barchasida mag‘lub bo‘lgandi.

Garet Beyl 2013-yilda “Real”ga kelib qo‘shilganidan so‘ng “Qirollik klubi” “Barselona” jamoasini ikki marotaba — 2013/14-yilgi Ispaniya Kubogi finalida (2:1) hamda 2014/15-yilgi Ispaniya chempionati 9-turida (3:1) mag‘lubiyatga uchrata olgandi. Dastlabki holatda Krishtianu Ronaldu jarohati tufayli final o‘yinini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, ikkinchi holatda Garet Beyl maydonga tusha olmagan edi.

Ma’lumot uchun, 2-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi “El-Klasiko”ni Alexandro Xose Ernandes Ernandes boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi davrada “Barselona” jamoasi “Santyago Bernabeu” stadionida “Real”ni 4:0 hisobida mag’lubiyatga uchratgan edi.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
441 YOQDI 5 YOQMADI
- Joylandi: 29.03.2016 23:57
- Kanal: Kun Yangiliklari!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU