Qozog‘istondagi maktablardan birida Minecraft o‘yini yordamida dars o‘tish joriy etildi

Qozog‘istonning Qarag‘andi viloyatidagi iqtidorli bolalar maktabida o‘quvchilarni Minecraft o‘yiniyordamida o‘qita boshlashdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Maktabda mazkur uslubni joriy etgan biologiya o‘qituvchisi Asxat Mazmetovning aytishicha, Minecraft yordamida bolalar bir qator fanlar — biologiya, tarix, matematika, informatika, geografiya, fizika va kimyoga o‘rgatilmoqda.

“Aytaylik, yettinchi sinf biologiya darsida umurtqali va umurtqasiz hayvonlar mavzusi o‘tilganda o‘quvchilar o‘yindan shunday jonivorlarni topishi kerak. Tarix darslarida esa tarixiy inshootlar yoki janglarni o‘yinda qayta jonlantirish lozim”, — deya hikoya qiladi Maxmetov.

Minecraft dunyoning boshqa davlatlari maktablarida ham joriy etilmoqda: 2013-yil yanvarida Shvetsiyadagi maktablardan birida undan shaharni rejalashtirish va ekologiya darslarida foydalana boshlandi, 2015-yildan boshlab esa o‘yin Shimoliy Irlandiyadagi maktablarda qo‘llanmoqda.

Yodingizga solib o'tamiz agarda siz ham ushbu o'yini o'ynashni istasangiz u holda yuklab olish uchun buyerni bosing!

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 19.03.2016 22:22
- Kanal: Kun Yangiliklari!
Izoh Qoldirish!
uzb maktablarini ham shunaqa qilish kere
Siz hali ro'yhatdan o'tmadingiz shu sababdan izoh qoldirolmaysiz, iltimos besh daqiqa vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting!
waplogspywap.net
waplog