Qo‘l telefonida behayo foto va video materiallarni tashigan shaxslar qo‘lga tushdi

Bojxona chegaralari orqali jismoniy shaxslar tomonidan noutbuk, qo‘l telefoni va boshqa axborot tashuvchi vositalarda behayolikni targ‘ib etuvchi materiallarni olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar tez-tez uchramoqda.

Jumladan, Samarqand xalqaro aeroportida Sankt-Peterburgdan uchib kelgan fuqaro O.Tillayev (maqoladagi barcha ism shariflar o‘zgartirilgan) bojxona nazoratidan o‘tish vaqtida, unga tegishli qo‘l telefoni ko‘zdan kechirilganda, 72 dona behayo mazmundagi foto va video materiallar borligi aniqlandi, deb Uz24.uz yozmoqda.

Vnukovodan qaytayotgan yana bir jizzaxlik fuqaro K.Tadjiyevning ham telefonidan shahvoniy sahnalar aks etgan 200 dan ortiq videolavhalar topildi.

«€œChelyabinsk-Toshkent»€ reysi bo‘yicha poyezdda kirib kelgan farg‘onalik yo‘lovchi B.Ahrorov noutbukiga 370 donadan ortiq behayo fotosuratlarni jamlagani ma’lum bo‘ldi.

Qo‘l telefoni vositasida behayolikni o‘ziga doimiy «hamroh»€ qilganlardan yana biri xazorasplik B.Kenjayev ekan. «Moskva-Urganch» reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan ushbu shaxsning qo‘l telefoni amaldagi tartiblarga muvofiq ko‘zdan kechirilganda, uning xotirasida 94 dona behayolikni targ‘ib etuvchi foto va video materiallar borligi fosh bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»€ 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871 sonli Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi va insoniyat xavfsizligiga qarshi, hududiy yaxlitlikni, davlat suveriniteti va siyosiy mustaqillikni buzishga qaratilgan bosma nashriyot maxsulotlari, qo‘lyozmalar, klishe, rasmlar, fotosuratlar, fotoplyonkalar, negativlar, kino, video va audio maxsulotlari, ovoz yozilgan materiallar, shuningdek urush, terrorizm, zo‘ravonlik, milliy ajratish va diniy qarshilik, rasizm va uning turlarini (antisimizm, fashizm) targ‘ib etuvchi hamda pornografik mazmundagi materiallarni olib kirish taqiqlangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, pornografik, shuningdek, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish fuqarolarga eng kam ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shunday harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa, u holda aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq, eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
654 YOQDI 1 YOQMADI
- Joylandi: 16.10.2016 11:03
- Kanal: Kun Yangiliklari!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU