Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Putin ertaga Samarqandga keladi

Rossiya prezidenti, ayni vaqtda  Hitoydagi «Katta yigirmatalik» sammitida ishtirok etayotgan Vladimir Putin 6 sentyabr kuni Samarqandga keladi. Bu haqda «Anhor.uz» sayti o’z manbasiga asoslanib xabar tarqatgan.

«6 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoydan Moskvaga qaytishda Samarqandga kirib o’tadi. Bundan maqsad — marhum prezident (Islom Karimov — «Gooper.uz») qabrini ziyorat qilish hamda mahalliy rahbarlar bilan uchrashish», — deyilgan xabarda.

O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2 sentyabr, juma kuni vafot etdi.

Dafn marosimi 3 sentyabr kuni, Islom Karimovning o’z vasiyatiga ko’ra, Samarqand shahrida bo’lib o’tdi.

3—5 sentyabr kunlari O’zbekistonda motam kunlari deb e`lon qilingan.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 05.09.2016 20:42
- Kanal: Kun Yangiliklari!
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog