Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
O'zbekistonda yana Passport almashtiriladimi???

O'zbekiston pasportining yangi dizayni taqdim etildi

Grotesque studiyasining direktori Azamat Shomuzafarov o'zining blogida o'zbek pasportining yangidizaynini joylashtirdi. 

Dizaynning o'ziga xos jihati - muqova ustida dunyo xaritasining chizmasi tushirilgan bo'lib, O'zbekiston chegarasi unda ajralib turadi. Shuningdek, pasportda davlat gerbi ham tasvirlangan.

“Avvaliga men davlat gerbini muqovadan olib tashlagan edim. Biroq fikrimni o'zgartirib, uni yana o'z joyiga qaytardim. Gerb – davlatning rasmiy logotipi hisoblanib, u hujjatda davlatchilikni aks ettiradi. Bu surat insonga darhol bu erda qandaydir davlat organlari ishtirok etayotgani haqida tushunib olishiga yordam beradi. Mening fikrimcha, muqovada UZBEKISTAN so'zining katta harflarda yozilishi gerb suratidan ko'ra ko'proq tushunarliroq bo'ladi. Albatta, bu shaxsiy fikrim. Barchani birdek ishontirishning iloji yo'q. Agar kimdir pasport dizaynini o'zgartirishga bel bog'lasa, o'z g'oyamni bepul taqdim etgan bo'lar edim – bu men uchun katta sharaf”, - deydi dizayn muallifi Azamat Shomuzafarov. 

Muqova siyohrangda bo'lib, O'zbekistonning xaritada ajralib ko'rsatilishi insonlarga mamlakatimiz dunyoning qaysi nuqtasida joylashganini darhol tushunib etishlariga imkon beradi. Hozirda mazkur g'oya foydalanuvchilar va malakali dizaynerlar tomonidan muhokama qilinmoqda.  

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 09.05.2016 13:22
- Kanal: Kun Yangiliklari!
Izoh Qoldirish!
Bo'mapti.
Men hali olmadim yangi pasport
Manga yoqdi
!Javob Rakhman 00:20
Kutamiz yangi pasportni
Кутиб коламиз
kutamiz
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog