Ko'zdan Kechirish

Nьyu-York moda haftaligini yuzi kuygan modelь ochib berdi(Foto)


Nьyu-York moda haftaligi ochilish marosimidagi kiyimlar namoyishini hindistonlik yuzi kislotadan kuyib qolgan modelь qiz boshlab berdi, deb yozadi “Lenta.ru”.

19 yoshli Reshma Kereshi hamyurti Archana Kochxar yaratgan libosni kiyib, podiumga chiqdi. Tadbir tashkilotchilari mazkur holat  yordamida turli mamlakatlarda arzon kislotalar sotish ustidan nazoratni kuchaytirish lozimligiga e’tiborni jalb qilmoqchi bo‘lishdi.

“Hatto o‘zimning eng buyuk orzularimda ham podiumga chiqishni orzu qila olmasdim. Bu xayolimga ham kelmagan. Menga o‘xshab kuyib qolgan qizlar juda ko‘p. Ularga o‘zingizga ishoning, degim keladi”,—deydi Kereshi.

Kereshining yuzi bundan 2 yil avval kuyib qolgan edi. O‘shanda qizning opasi erining zo‘ravonliklariga chidolmay, uydan ketib qolgandi. Bundan qattiq g‘azablangan erkak Kereshining opasini ko‘chada kutib turardi. U opasini himoya qilmoqchi bo‘lganida esa pochchasi yuziga kislota sepib yuboradi.

Hozirgi paytda Kereshi Make Love Not Ssars huquqni himoya qiluvchi tashkiloti bilan hamkorlik qiladi.

Deb xabar tarqatadi quydagi manba.

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 15.09.2016 12:16
- Kanal: Kun Yangiliklari!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Kun Yangiliklari!ga » Shou Xabarlarga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU