Ko'zdan Kechirish

Mehnat vazirligi paxta terimida majburiy mehnatdan foydalanish taqiqlangani haqida eslatdi


O‘zbekiston Mehnat vazirligi navbatdagi bor rasmiy bayonot tarqatib, paxta terimida bolalar mehnati hamda majburiy mehnatdan foydalanish mamlakat qonunlariga va Xalqaro Mehnat Tashkiloti konvensiyasiga zid kelishidan ogohlantirdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat Tashkilotining «Majburiy yoki bajarilishi shart bo‘lgan mehnat to‘g‘risida» (№29) va «Majburiy mehnatga barham berish to‘g‘risida» (№105), «Ishga qabul qilishning minimal yoshi to‘g‘risida» (№138) va «Bolalar mehnatining eng mudhish ko‘rinishlariga barham berish va taqiqlash to‘g‘risida» (№182)gi konvensiyalarda belgilangan me’yorlarga asosan milliy qonunchilikda 18 yoshga yetmaganlarni majburiy mehnatga hamda sog‘liqqa zarar yetkazuvchi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

Shuningdek, Mehnat vazirligi rasmiy saytida joylashtirilgan plakatda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlari aks ettirilgan. Plakatda har bir shaxs qo‘shimcha shartlarsiz terimdan bosh tortishga haqli. Huquqlaringiz buzilgan taqdirda ishonch telefonlariga murojaat qiling.

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 28.09.2016 21:48
- Kanal: Kun Yangiliklari!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Kun Yangiliklari!ga » Shou Xabarlarga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU