Dunyoning «eng semiz» va «eng ozg‘in» davlatlari xaritasi tuzildi

Jahon mamlakatlari fuqarolarining semizlik darajasini ko‘rsatib beruvchi xarita AQShning Markaziy Razvedka Agentligining World Fastbook (jahon haqida dalillar) elektron manbaasida e’lon qilingan.
Shunday qilib, jahonning «eng semiz mamlakati» degan nomga Amerika Qo‘shma Shtatlari emas, unga qo‘shni bo‘lgan, Tinch okeani janubida joylashgan Amerika Samoasi davlati munosib deb topilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerlik aholining 74.6 foizi semirish dardiga mubtalo bo‘lgan.

Shu bilan birga, Tinch okeani qirg‘oqlarida joylashgan Nauru, Tonga, Samoa, Palau va Kiribati, shuningdek Osiyo mintaqasidan Quvayt kabi davlatlar yuqori o‘ntalikdan joy olgan. Bu hududlarda kattalarning semirish darajasi xalqaro miqyos bilan solishtirib ko‘rilganida 4 marotaba yuqori.
Ilmiy izlanishlardan ma’lum bo‘lishicha, bu orollar aholisida semirishga bo‘lgan moyillik genetik xususiyat hisoblanadi.
Xaritada AQSh aholisining 33 foizi to‘lalikdan aziyat chekishi ko‘rsatilib, Amerika umumiy ro‘yxatda 18-o‘rinni egallagan. Misr (33.1), Saudiya Arabistoni (33), Bahrayn semirish bo‘yicha yuqori 20 talikdan joy olgan.
Osiyo, Afrika mintaqasidagi Efiopiya, Bangladesh, Nepal, Eritreya, Madagaskar, Vьyetnam, Kongo, Hindiston semirish bo‘yicha so‘nggi o‘rinlarni (aholining 1-2 foizi) egallagan. Turkiya (27.8 foiz), Suriya (27.1), Iroq (27) Osiyoning tez «semirayotgan» mamlakatlariga aylanishdi.
Yaponiya va Xitoy ham pastki, ya’ni 157-, 152-o‘rinlarga munosib ko‘rilgan. Yevropada semirish bo‘yicha Shveysariya, Fransiya (18.2 foiz), Daniya (18.2 foiz), Shvedsiya (18.6 foiz) nisbatan orqada. Buyuk Britaniya (26.9), Ispaniya (26.6), Rossiya (26.5), Polьsha (25.3) semirishda yetakchi bo‘lishmoqda.
Mazkur ro‘yxatga Markaziy Osiyo mamlakatlari ham kiritilgan. Xususan, ma’lum qilinishicha O‘zbekiston aholisining 15.1 foizi ortiqcha vaznga ega. Bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 23.7 foiz, Turkmanistonda 13.2, Tojikistonda 8.6, shuningdek Ozarboyjonda 23.8 foizni tashkil etadi.
Tadqiqotlar zamonaviy turmush tarzi va qo‘shimcha kimyoviy moddalar asosida tayyorlanadigan zamonaviy oziq-ovqatlar semirishning bosh omili ekanini ko‘rsatmoqda.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
920 YOQDI 6 YOQMADI
- Joylandi: 21.06.2016 22:32
- Kanal: Kun Yangiliklari!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU