Ko'zdan Kechirish

AliExpress’da buyurtma qanday rasmiylashtiriladi


AliExpress bu shunchaki internet-do‘kon emas, balki u yirik savdo-sotiq maydoni, yuqori texnologiyali “sharq bozori”dir.

AliExpress sayti o‘zi hech narsa sotmaydi, balki u sotuvchi va xaridor o‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qiladi, xolos. Bundan tashqari, sayt mablag‘larni o‘z egalariga yetkazishda ishonchli hamkor, bahsli holatlarda esa arbitr vazifasini bajaradi. AliExpress’ning ma’lumotlariga qaraganda, servisda 200 mingdan ortiq sotuvchilar 30  ta turkumga tegishli 100 mln turdagi mahsulotlarni sotish bilan shug‘ullanishar ekan. AliExpress’da juda ko‘p narsani xarid qilish mumkin. Xuddi bizning Yangiobod bozori singari) (hazil).

Xo‘sh, AliExpress’da buyurtmani qanday rasmiylashtiramiz? Buning uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Albatta, servisda tovarlarni ro‘yxatdan o‘tmasdan xarid qilish mumkin. Ammo unda ro‘yxatdan o‘tish xaridorga bir qator qulayliklarni taqdim etadi. Masalan, xaridor har gal buyurtmani rasmiylashtirish paytida yetkazish manzilini takror kiritmaydi, tovar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni sotuvchi bilan muhokama qiladi, reyting dasturida ishtirok etadi, AliExpress’ning turli dasturlarida qatnashadi va yangiliklardan xabardor etib boriladi.

Saytda ro‘yxatdan o‘tish uchun interfeysning yuqori o‘ng tarafida joylashgan “Registratsiya” tugmasiga bosing. Ism-familiyangiz va elektron pochta manzilini (lotin alifbosida) kiriting. Yangi parolni ikki marta kiriting. So‘ng kapchani yozib, “Sozdat vash profil” tugmasiga bosing.

Bu muhim!

  • Ism va familiyangizni to‘g‘ri kiritish juda ahamiyatli.
  • Kontakt ma’lumotlari va yetkazish manzilini to‘g‘ri va aniq kiritilganligiga ishonch hosil qiling.

Keling, endi mavzuga qaytsak.

AliExpress’da buyurtmani rasmiylashtirish

Diqqat: AliExpress’da Ebay’dan farqli o‘laroq, avval ishlatilgan tovarlar sotilmaydi. Servisda siz faqat yangi mahsulotni yoki texnik vositalar holatida qayta ishlangan (refurbished) tovarlarni xarid qilishingiz mumkin. Shuning uchun tovarga aloqador ta’riflarni diqqat bilan o‘rganib chiqing.

Shuningdek, AliExpress’da o‘z mahsulotlarining sifatiga jiddiy e’tibor qaratadigan mas’uliyatli kompaniyalardan tortib, o‘zining buyumini istalgan yo‘l bilan o‘tkazishga harakat qiladigan mayda shovvozlar faoliyat yuritishini ham esingizda saqlang.

Albatta, firibgar sotuvchilarni reyting va sharhlarga qarab filьtrlash mumkin. Ammo ba’zi sotuvchilar xaridorlarga ma’lum bonus evaziga mahsulot haqida ijobiy fikr qoldirishni so‘raydilar va shu yo‘l bilan o‘z reytinglarini ko‘tarmoqchi bo‘ladilar. Shu sababli sotuvchi va mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sinchiklab o‘qib chiqing.

Uslubiy, imloviy xatolar bilan va umuman notabiiy  tilda yozilgan fikrlarga umuman ishonmang.

Saytda tovarni kategoriyalar bo‘yicha yoki bevosita tovar nomini qidirish maydoniga kiritish orqali izlash mumkin. Shuningdek, kengaytirilgan filьtratsiya orqali kerakli tovarni tez va oson qidirii imkoniyati bor.

Sotuvchi va tovar haqidagi sharhlarni e’tibor bilan o‘rganib chiqib, xarid jarayonini boshlaymiz.

Ko‘p hollarda yetkazish variantlari orasida 15 kundan boshlab 2 oygacha bo‘lgan bepul yetkazish turlari ham mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga jo‘natmani kuzatish mumkin bo‘lgan pulli yetkazish xizmatlari (DHL, EMS yoki oddiy pochta) ham amal qiladi.

Mahsulot sizga ma’qul kelgan bo‘lsa, kerakli opsiyalarni tanlab uni savatga joylang (“Dobavit v korzinu”).

Agar xaridni amalga oshirishga tayyor bo‘lsangiz, “Oformit zakaz” tugmasiga bosing.

Manzil ko‘rsatilgach, to‘lov usulini tanlash kerak bo‘ladi. AliExpress ham boshqa internet-do‘konlar singari bir nechta to‘lov usullarini qabul qiladi. Misol uchun, to‘lovni valyuta kartasi, veb-pul servislari (Yandeks Dengi, Qiwi Wallet, WebMoney), bank o‘tkazmasi yoki Western Union orqali amalga oshirish mumkin.

To‘lov usuli tanlangandan keyin “Oplatit seychas” tugmasi bosiladi.

Mana, bo‘ldi. Buyurtma rasmiylashtirildi.

Bu muhim!

  • To‘lov amalga oshirilgach, AliExpress kartadan pullarni qabul qiladi va tekshiradi (bunga taxminan bir kun ketadi). Shundan keyin siz to‘lovni amalga oshirgan hisoblanasiz.
  • Agar buyurtma sotuvchi tomonidan sizga hali jo‘natilmagan bo‘lsa, “Moi zakazi» sahifasidan buyurtmani bekor qilib, pullarni qaytarib olishingiz mumkin.
  • Sizga tovar jo‘natilganligi to‘g‘risida xabar kelgach, jo‘natish vaqtining hisobi boshlanadi. Agar maksimal jo‘natish vaqti o‘tib, siz hamon tovarni qabul qilmagan bo‘lsangiz, sotuvchidan pullarni qaytarishni so‘rashingiz mumkin.
  • Maksimal jo‘natish vaqtiga yaqin qolgach, Aliexpress kiritilgan elektron pochtasi orqali tovar yetkazilganligini tasdiqlashni yoki sotuvchi bilan bahsga kirishishni so‘raydi. Agar siz ushbu xabarga javob qaytarmasangiz, tovar yetkazilgagan deb hisoblanadi.
  • Albatta, agar jo‘natish vaqti tugayotgan bo‘lsa, tovar himoya funksiyasini faollashtirish mumkin.

Tovarni qabul qilib olgach, saytda sharh qoldirishdan erinmang. Bu sizning xaridor sifatidagi reytingingizga ta’sir qilib, boshqa xaridorlarga mahsulot va xizmat borasida qaror qabul qilishga ko‘maklashadi.

(Yana eslatib o'tamiz agarda siz aliexpressdan xirid qilayotgan bo'lsangiz mobil dasturi orqali harida qilsangiz sizga qanchadir miqdorda chegirma qilinadi)

Mavlon Marasulov

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 26.08.2016 00:40
- Kanal: Texnalogiya Haqida, Kun Yangiliklari!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Kun Yangiliklari!ga » Shou Xabarlarga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU