Ko'zdan Kechirish

65 yoshli cholga turmushga chiqqan 12 yashar “kelin” barchani hayratga soldi


Nyu-Yorkdagi Tayms maydonida 65 yoshli kuyov va 12 yashar kelinning to’y fotosessiyasi uyushtirildi. Kelin va kuyovning yoshi o’rtasidagi farqni hazm qilolmagan yo’lovchi va sayyohlar  bevosita fotosessiya jarayonini buzishga jazm etishdi.

Ayni ta’lim olish yoshida bo’lgan 12 yasharli “kelin”ning  tushkun qiyofada  kuyov bilan fotosseyasiga tushishiga yo’lovchi va sayyohlar jim qarab turolmadi. Voyaga yetmagan qizchaning nigohida qo’rquv va g’amginlikni payqagan  yo’lovchilar bevosita fotosessiya  jarayonini buzib, kelinni kuyovdan ajratib olishga urindi. Kimdir kuyovni “agar qizchaga uylansa, politsiya chaqirish” bilan qo’rqitgan bo’lsa, ayrimlar qizchadan 65 yoshli cholga o’z roziligi bilan turmushga chiqyapdimi yo’qmi, so’rashardi.
Videorolikda sayyohlarning ketma-ket savolga tutishidan qo’rqib ketgan qizcha boshini egib oldi. Atrofdagilardan biri 65 yoshli cholni so’roqqa tutib, uni chalg’itgan bo’lsa,  birov kelinning qo’lidan tutib, uni voqea joyidan olib keta boshladi.

Bir so’z bilan aytganda “nomunosib juftlik” ko’pchilikning hayrati va g’azabiga sabab bo’ldi.

Eng qizig’i, bu to’y haqiqiy emasdi. Ya’ni ushbu  videorolik avvaldan uyushtirilgan  bo’lib, bu orqali bloger Kobi Persin dunyoning ba’zi mamlakatlarida ayni ta’lim olish yoshida bo’lgan, voyaga etmagan qizlarning erta turmushga berish holatiga atrofdagilar qanday munosabat bildirishi mumkinligini aniqlamoqchi bo’ldi.
Eslatib o’tamiz, 2014 yilda Norvegiyada xuddi shunga o’xshash mavzu ko’tarilib, 12 yasharli Tea ismli qizcha o’z blogida 37 yoshli erkakka turmushga chiqayotgani, maktabga borish tashvishidan qutilganligi haqida yozadi. Keyinchalik ko’pchilikning muhokamasiga sabab bo’lgan ushbu Teaning blogi  Norvegiyadagi Plan Norway — “Nomunosib nikoh”ga qarshi kurash kompaniyasi tomonidan uyushtirilganligi ma’lum bo’ladi.

Ma’lumotlarga ko’ra, dunyoning Bahrayn, Urugvay (12 yosh), Kosta-Rika, Bagama orollari,  Dominikana Respublikasi, Iordaniya, Sloveniya, Kolumbiya(12 yosh), Surinam va Janubiy Afrika, Kuba, Gvatemala va Venesuela (15 yosh) kabi ayrim mamlakatlarida erta turmushga chiqish qonun bilan kafolatlangan, deb yozadi “Kun”.

AQShning quyidagi shtatlarida ham qizlar ota-onasining  roziligi bilan erta  turmushga chiqishi mumkin: Missuri, Missisipi, Jorjiya,  Aydaxo (15 yoshda), Texasda (14 yosh), Nyu-Gempshir (13 yosh), Massachusets(12  yosh).

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 11.05.2016 22:01
- Kanal: Kun Yangiliklari!
Izoh Qoldirish!
TenTak ekanda :->:->:->
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Kun Yangiliklari!ga » Shou Xabarlarga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU