Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Ko'z Rangiga Qarab Harakterni Aniqlash

Ko'zlarni bekorqa qabl oynasi deb atashmaydi, zero ular biz haqimizdagi so'zlardan ham ko'proq ma'lumotlar berishga qodirdirlar.  Albatta bu ham buni sezgan, payqagan va bilgan odamga ayon. Bu borada ko'zlaringiz hech qachon aldamaydilar, ular ham huddi siz insondek jim turishlari yokida so'zlashishlari mumkin ekan. Dunyodagi boshqa jonzodlardan farqli o'laroq inson ko'zlaridagi oqsillarni ko'rish imkoniyati mavjud ekan. Bunda ham o'ziga yarasha o'z hikmati bor. Inson suhbatdoshini ko'zlariga va xis tuyg'ulariga qarab aniqlashga qodir ekan. Ko'z rangiga qarab esa uning harakterini aniqlash juda oson faqatgina qaysi rang qanday xususiyatge ega ekanligini bilsangizgina.

To'q Rang ko'z egalari o'ziga ishongan va kuchli, Och Ranglilar esa kamtarin va uyatchang bo'lishar ekan. Qora ko'z bu juda energetik inson deganidir. o'ziga juda talabchang va tinch yurmaydigan insondir. ular faqatgina o'zlariga emas, balki atrofidagilarga nisbatan ham talabchan bo'lishadi. Shuning uchun ham koo'pincha ular orasida kelishmovchiliklar,  tushunmovchiliklar va kichik janjallar boo'lib turishi ehtimoli mavjud. Yoo'q joydan arzimagan narsaga arazlashga moyil. Juda tavakkalchi, serharakat insonlar toifasi. Diqqat markazida boo'lishni xush ko'radilar va qarorlarni tezda qabul qiladilar. Afsuski, shu sababli ular ko'pincha noto'g'ri bo'lib chiqadi.

Jigarrang Rang ushbu rangdagi ko'z egalari insonni o'ziga tortuvchan, aqlli, his tuyg'uli insonlardir. To'q jigarrang rang o'zi ko'ringanidek janjalkash, ammo barcha arazlarni tezda unutuvchan bo'lgan insonlarga xos. Tavakkalchi. Atrofdagilar bilan tez chiqishib ketadigan, xushmuomala bo'ladilar. Biror narsani sevsalar bir umrga, yoki aksincha biror narsadan nafratlansalar hech qachon unutmaydilar. Rang qanchalik to'q bo'lsa, ushbu xislatlar shuncha kuchli bo'ladi.

Och Jigarrang rangdagi ko'z egalari (yong'oqrang) hamma narsani ham o'z kuchlari bilan hal qila olmaydigan (rang qanchalik och bo'lsa ushbu sifat kuchliroq bo'ladi), orzularga beriluvchan homhayol insonlar kiradi. Birdamlikka va tinchlikka intiluvchan, mehnatni juda sevadigan, serharakat toifa. Bu turdagi odamlarga bemalol ishonish mumkin. Hech qachon ishonchni poymol qilishmaydi.

Yong'oq ranglilar mustaqil bo'lishni sevishadi. Birov ularga qandaydir ozor beradigan bo'lsa anchagacha esdan chiqarishmaydi, ya'ni qora xotira juda yaxshi faoliyat ko'rsatadi.

Jiggarrang yashil Juda dono, ayni paytda yuvosh va kam harakat toifa. O'z atroflarida katta suhbatdoshlar doirasini yig'ishlari va ularni chin dildan eshitishlari boshqalarni ushbu insonlarga yaqinlashtiradi. Oldiga qo'ygan maqsadlarini doimo oxirigacha amalga oshirmasdan q'o'yishmaydi. Sevgida ham, do'stlikda ham birdek vafodor. 

Yashil rangdagi ko'z egalari oldiga qo'ygan maqsadlariga qattiq harakat qiladigan, prinsipial, juda ham tartibli bo'lishar ekan. Barcha narsani oxiriga yetkazib, maromiga qo'yib bajarishni xush ko'rishadi. Atrofdagi narsalarga haqiqiy real ko'z bilan qarashadi. Qiyinchiliklardan umuman xadiksirashmaydi, hayotda o'zlariga va boshqalarga talabchan bo'lishgani sababli hayotdagi juftlarini topishlari ko'p vaqt talab etadi. Ammo sevgan insonini benihoya qadrlaydilar. Ishonchli do'st va yaxshi hamsuhbat.

Yashil kul rang. Hayotga real ko'z bilan qaraydigan, sodir bo'layotgan hodisani yaxshi his qila oladigan insonlar. Mehnatkash, yaxshi maslahatdosh, sabrli, muammolarni o'z vaqtida hal qiladigan turkum vakillari. Adolatsizlikka umuman toqatlari yo'q, hayotda ko'pincha bir marta sevadilar va bu sevgi yuraklarida bir umr muhrlanib qoladi. Dushmanlariga nisbatan o'ta qattiqqo'l va tajovuzkor bo'ladilar. Kul rang ko'zlilar haqiqiy mehnat sevarlar, zehni o'tkir insonlar. Bunchalik yuqori darajadagi zehn sohibibo'lishlariga qaramasdan intuitsiya rivojlanmagan bo'lar ekan. Turli xil muammolarni paydo bo'lishi bilanoq tezda bartaraf etishga tirishadilar.

Kul rang ko'zlilar halol, halollikni xush ko'ruvchi, mehribon va ishonchli odamlar.

Havo rang ko'z sohiblari orzularga beriluvchan, romantik, his- tuyg'u kuchli insonlar. Ularda ham qora xotira  yaxshi ishlaydi, ko'z yoshlar bilan ularni ko'nglini yumshatib, yoki aldab bo'lmaydi. Barchani yurakka yaqin oladilar, maqsadi sari jon jahdi bilan harakat qiladilar. Yuvosh ammo bir xillikni umuman yoqtirishmaydi, sevgi bobida ham xuddi shunday xilma xillikni xush ko'radilar. Rassomlik, haykaltaroshlik, aktyor, yozuvchilikva boshqa sohalarda ham g'oyat iqtidorli bo'ladilar.

To'q havo ranglilar melanxoliyaga moyil, kayfiyati beqaror, injiq insonlar toifasi.Ularni ko'pincha xarakterlaridan kelib chiqqan holda  havo deb ham atashadi. Araz, ginalarni uzoq vaqtgacha saqlaydigan, ishonchsiz, o'z so'zida turmaydigan qattiqqo'l odamlar.

Shuning bilan ko'zlar haqidagi ma'lumotlkarimiz tamom. Anashu bergan ma'lumotlarimizni doim yodda saqlasangiz subatdoshingizga muomila qilishda qiynalmayisz va doim Moqina.Net saytiga kirib turasiz.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 15.08.2015 23:56
- Kanal: Siz Haqingizda Qiziqarli!
Izoh Qoldirish!
83% to'gri keldi
yaxshi
Ajoyib
Zur ekan
Har bittasiga rasm qoysalariz juda yaxshi bolardi.
Gap yöq
1-10 11-17
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog