Behayo qizlardan Xudo asrasin!

Добавлено: 21 Августа 2020

Har onda, har qadam, har bitta joyda,
Bizni yahshi niyat duo asrasin.
O'zbek qizlarining mehri daryoda,
Behayo qizlardan Xudo asrasin!

Ular hech bilmaydi iffat neligin,
O'zbekona lutf, sur'at neligin,
Qiz nomi qandayin nom ekanligin,
Behayo qizlardan Xudo asrasin!

Ularni ko'raman yirtilar qalbim,
So'zlamay turolmas aslo bu tilim,
Iboli qiz boling ey opa-singlim,
Behayo qizlardan Xudo asrasin!

Egnida Milliylik yo'q so'ramang atlas,
Qalbida yo'q aslo beg'ubor havas,
Ularga milliylik, nomus kerakmas,
Behayo qizlardan Xudo asrasin!

Muhabbat neligin bilmayin turib,
Yurishar hilvatda ko'zlarin suzib,
Bema'no umrida hayotni kezib,
Behayo qizlardan Xudo asrasin!

Achinib yozyapman bu bag'ishlovni,
Qalbimda guvillab yongan olovni,
Sheraga demangiz aytma baloni,
Behayo qizlardan Xudo asrasin!

✍ Sherali Ortiqzoda

Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ