Allohga nola

Добавлено: 20 Августа 2020

Mexribonim rahming istab termularmiz,
Kechirguvchim sexring istab termularmiz.
Bandalarin ayblarini yashirganim,
Rahmon degan isming istab termularmiz.
Sajdalardan ololmayin qoldi boshin..
Ulamo-yu, Qorilaring, Olimlaring.

Suyukligim qara dillar yig'layabdi,
Gunohi yo'q qaro ko'zlar yig'layabdi.
Shaxvatlarga berilganning kor  kasridan,
Muslima-yu, muslimlaring yig'layabdi.
Sajdalardan ololmayin qoldi boshin,
Zinokor-u, zolimlaring, fosiqlaring!

Avvalgidek ko'chalarning chiroyi yo'q,
Xuvvillagan xonadonim fayzlari yo'q.
Volidamning xavotirdan rangi ketdi,
Olov ketdi dunyolarga suvlari yo'q.
Sajdalardan ololmayin qoldi boshin,
Sodiqlaring, Zohidlaring, Siddiqlaring,

Boray desam ko'zim yumib xuzuringga,
Boray desam bag'rim mushtlab xuzuringga...
Qaysi amal dostonimga jur'at bilan,
Turadirman Qodir Egam xuzuringda!
Sajdalardan ko'tarolmay qoldi boshin,
Samolaring, tog'-u, daryo..dengizlaring!

Aziz bo'lgan kitobingni irg'itdilar!
"Fotixa"  "Mulk"  " Ixlosingni" tark etdilar!
O'qi! deding kalomingdan yuzun burib,
Balo kelsa tuproqlarda tiz cho'kdilar.
Sajdalardan ko'tarolmay qoldi boshin,
Ayyor qalb-u, makkora-dil, noshudlaring,

Jim kuzatding yer-osmonga Xukumdorim,
Koinotga yakka Podshox Xukumronim.
Ular sening bardoshingni sinashmasin,
Sen sinasang yonib ketgay xon-u moni!
Sajdalardan ko'tarolmay qoldi boshin,
Kofirlar-u, Maydonda mard, nomardlaring! 

Yo Ilohim siyratimda ulug' yoding 
Dunyo degan xilqatimda Sening Noming!
Bu balodan bandalaring xalos etgin,
O'zimizga tashlab qo'yma shudir zorim!
Sajdalardan ko'tarolmay qoldi boshin,
O'lim yo'q der! O'lim kutib  turganlaring!

Gulnoza Muminova



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ