Unutmoq

Добавлено: 01 Марта 2018

Bag‘ringa chinorlar ildizi botgan, 
Ajdodlar hokidir bunda sho yotgan, 
Bobur tuprog‘ingdan yig‘labon ketgan, 
Ko‘zyosh ila ungan mevangdan totgan, 
Adrlar baxmali tuprog‘im o‘zing, 
Meni ardoqlagan ardog‘im o‘zing. 



Qalbinga yo‘l olsa, aziz mehmoning, 
Avvalo, muntazir tuzingu noning, 
Yaratgan mehridan yaralgan zamin, 
Oltindan rang olgan hatto samoning 
Adrlar baxmali tuprog‘im o‘zing, 
Meni ardoqlagan ardog‘im o‘zing. 



Ming bora erkingni to‘sdi yig‘lading, 
Furqatning furqati yolg‘iz dardingda. 
Ulug‘bek boshini kesdi yiglading, 
Hatto padarkush ham sening bag‘ringda, 
Ko‘zimga nur bo‘lgan chirog‘im o‘zing, 
Meni ardoqlagan ardog‘im o‘zing. 



Bahoriy qizg‘aldog‘ makoni toglar, 
Shul diyor hamisha mehrimni bog‘lar, 
Ko‘zlarim ilg‘abon har bir giyohing, 
Taftingdan nur olib sevgimni chorlar, 
Adrlar baxmali tuprog‘im o‘zing, 
Meni ardoqlagan ardog‘im o‘zing. 



Alpomish tanlagan toyi sendadir, 
Islom muhaddisin joyi sendadur, 
Sohibqiron sahni poyi sendadir, 
Ajdodim merosi qarog‘im o‘zing, 
Meni ardoqlagan ardog‘im o‘zing.

Abdulaziz Rustam O'g'li



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ