Tovlanar

Добавлено: 01 Марта 2018

Suzilib gul yonida, 
Bir go‘zal jon tovlanar, 
Oshiqlar fig‘onida 
Nargizaxon tovlanar. 

Kungilni zor etsa u, 
Tovusni lol etsa u, 
Sevgimni xor etsa u, 
Yurakda qon tovlanar. 

Azob etar azobi, 
Chaqnaganda ko‘zlari, 
Boqish tugul biz tomon 
Atalmagan so‘zlari. 

Izlasamda yonimda 
Ko‘rinmagay izlari, 
Biz adolar chehrasi 
Misli samon tovlanar 

Barmoqlari niholu, 
Malikadek qadamlar, 
Yanoqlarida xolu, 
Kulgich handon tovlanar. 

Hattoki butun borliq, 
O‘shal tomon intilar, 
Quloqlarida yorliq, 
Kipriklari miltirar. 

Yor faqat tushlarimda 
Yonginamda o‘ltirar, 
Uyg‘onsam, yo‘q yiroqda 
Quyosh bo‘lib tovlanar. 

Ojizmiz u olisda 
Qochon etar payvasta? 
Niyatimiz xolisda 
U biz tomon tovlanar. 

Suzilib gul yonida, 
Bir go‘zal jon tovlanar, 
Men oshiq fig‘onida 
Nargizaxon tovlanar.

Abdulaziz Rustam O'g'li



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ