Bahor qaytdi senchi qaytmaysanmi ayt...?

Добавлено: 20 Августа 2020

Qaraaa...sayrashyabdi bog'imda qushlar,
Gullar atrofida aylanib xalak.
Qara... jo'sh urmoqda qalbda tuyg'ular...
Bahor qaytdi senchi qaytmaysanmi ayt?

Qara xiyobonlar qoldilar yolg'iz,
Ishq! sog'inch! muhabbat! sadoqat yolg'iz...
Sen yolg'iz, men yolg'iz, yer... osmon yolg'iz!
Armon qaytdi senchi qaytmaysanmi ayt...?

Eslab turibsanmi olis yurtlarda,
She'rlar yozganmushsan ismimga atab...
Men esa duoyim ishonchlarida..
Yashayapman noming vujudga qadab!

Omonmi yondirgan xayajonlaring...,
Tilingdan chiqmagan izxor dillaring.
Kelmaydi deyishar yaqin do'stlaring...
Yolg'on qaytdi senchi qaytmaysanmi ayt?

Suratingga boqsam ichim yondirar,
Kulib turishlaring soladi g'ulu.
Chidayman ayriliq zaxriga mayli,
Ammo chidolmayman unutusang meni!

Qara.. to'kilyabdi xazonli barglarr,
Daraxtlar jonsarak tutib qololmay.
Yoki qismatimiz to'kilmoqmikan,
Kuzlar qaytdi...senchi qaytmaysanmi ayt?

Gulnoza Muminova



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ