Yaqin Bilmasdi

Добавлено: 01 Марта 2018

Men dardimni so‘zlolmadim hech, 
Qalbim tildek qalin bulmasdi. 
Saboga sir aytsamda har kech, 
Shamol meni yaqin bilmasdi. 

Xayolimni toptagan ko‘klam 
Sevmasam ham alam qilmasdi. 
Armon ketmas, bahor kelsa ham, 
Bahor meni yaqin bilmasdi. 

Tush ko‘raman anhor yonida 
Yurak yonar lekin o‘lmasdi. 
Suv bermasdi hasad domida, 
Anhor meni yaqin bilmasdi. 

Ne tosh topmay boshim urgani 
Peshonamni zarra tilmasdi. 
Nuqul g‘amlar kelar ko‘rgani 
Beg‘am meni yaqin bilmasdi. 

Nahot bunga sevgi gunohkor? 
Olamimga shamol yelmasdi. 
Borlig‘imga yaqin bo‘lgan yor 
Zinhor meni yaqin bilmasdi.

Abdulaziz Rustam O'g'li



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ