Uni Eslashni Xoxlamayman

Добавлено: 01 Марта 2018

Tun qo'ynida yotaman.
Tunda bedor uyg'onaman.
Huddi usiz telbaman.
Uni eslashni xoxlamayman!

Ayting unga kelmasin.
Mendan xabar olmasin.
Tushlarimga kirmasin.
Uni eslashni xoxlamayman!

Tushlarimda keladi.
Sog'indizmi deyardi.
Jon berib, jon olardi.
Uni eslashni xoxlamayman!

Tasavuri ko'chamning.
Yo'llarimni egallar.
Telbamanmi kim bilar.
Uni eslashni xoxlamayman!

Dard qo'ynida yotaman.
Tunda bedor uyg'onaman.
Huddi usiz telbaman.
Uni eslashni xoxlamayman!

Qaysi manzil bo'lmasin.
Har qadamda visoli.
Bormi davo do'stlarim.
Uni eslashni xoxlamayman!

Unutganim unutgan.
Mendan sen uzoqlashgin.
O'z bahtinga erishgin.
Uni eslashni xoxlamayman!

Tun oralab bedorlik.
Jon jonimdan o'tadi.
Qachon mendan ketadi.
Uni eslashni xoxlamayman!

Tinch yotayin tinch yuray.
O'tmishimni unutay.
Men ham shirin tushlar ko'ray.
Uni eslashni xoxlamayman!

 


Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ