Tushunmovchilik

Добавлено: 01 Марта 2018

Bo’ldi, yig’lamayman, bo’ldi — kulmayman, 
Yuragingni ortiq etmayman bezor. 
O‘zimdan boshqani xafa qilmayman, 
O‘zimdan boshqaga bermayman ozor. 

Kimlarning ko’ngliga qarab kun ko’rdim, 
Yalinib bormayman Baxtning yoniga. 
Kulib baxtsizlarga xalaqit berdim, 
Yig’lab baxtlilarning tegdim joniga. 

Behzod Fazliddin



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ