Suyunchi

Добавлено: 01 Марта 2018

Ocmonda yig’lab keldim— 
Dardlarim maysa bo’ldi. 
Yerda bitta bo’lsa ham 
Baxtsiz kamaysa bo’ldi. 

Garchi yig’lab har kecha 
Tunlarimni qon qildim, 
Tongda guldan toshgacha 
Tabassum ehson qildim. 

Azoblaring — muhtaram, 
Men dardingga xaridor. 
Tovonimni o’psa ham, 
Tikanlarning haqqi bor. 

Yuragimni uyg’otgan 
G`amlaringga ming shukur. 
Gardlarimni yo’qotgan 
Dardlaringga tashakkur! 

Endi Senda parvoyim, 
Dunyoni yutib ketdim. 
Suyunchi ber, Xudoyim, 
O‘zimdan o’tib ketdim.

Behzod Fazliddin



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ