Nega faqat bizni

Добавлено: 01 Марта 2018

Hecham tushinmayman, nega odamlar,
Muhabbatni sotib qiymatlasharkin.
Jonim, yuqmi ahir bizdan boshqalar,
Nega faqat bizni g'iybatlasharkin.
Hali umidim ko'p yorug' olamdan,
Sizni deb yosh boshim chiqmaydi g'amdan,
Nima istasharkin sizdan yo mendan,
Nega faqat bizni g'iybatlasharkin.
Odamlar yomonmas, odatlar yomon,
Har to'kisdan bir ayb topishar oson,
Ayt gulim, qay inson bo'lar benuqson.
Nega faqat bizni g'iybatlasharkin.
Farzandi yuqmikan axir ularni,
O'ylashsa bo'lardi tarbiyalarin,
Meni-ku yetadi o'zimga dardim,
Nega faqat bizni g'iybatlasharkin.
Uzib, yaxshilikni qon rishtalarin,
Qochirishib savob farishtalarin,
Kovlashib, haromu harish gaplarin,
Nega faqat bizni g'iybatlasharkin.
Ahad Qayum degan bir shoir chiqib,
Yuribdida derlar yolg'on sher to'qib,
Men yozgan qo'shiqqa o'yinga tushib,
Nega faqat bizni g'iybatlasharkin!



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ