Hech kimsa kurmasin farzand dogini

Добавлено: 01 Марта 2018

Niholsiz qoldirma umr bog'ini.
Tinchla bu dunyoning ko'ngil ohini.
Qarovsiz yetimlar bir kunin ko'rgay.
Hech kimsa ko'rmasin farzand dog'ini.
Erkak yolg'iz qolsa ilojin qilib.
Yuragin aldaydi ko'ksini tilib.
Umr o'tkazsada tish tirnoq qilib.
Hech kimsa ko'rmasin farzand dog'ini.
Gohi tetik bo'lsin,gohi xastahol.
Qirqta joni mayli bo'lsada uvol.
Yuqotgan baxtini qaytarar ayol.
Hech kimsa ko'rmasin farzand dog'ini.
Do'sti yo'q xudodan madad so'raydi.
Kambag'al boyligu davlat so'raydi.
Har kim bolasiga omad so'raydi.
Hech kimsa ko'rmasin farzand dog'ini.
Onaning bir kunlik azobi haqqi.
Yaratgan bizlarga rahm etar balki.
Dunyodan qimmatdir bir go'dak narxi.
Hech kimsa ko'rmasin farzand dog'ini.
Ahad ko'ngillarga ziyo so'raydi.
Har qandayin dardga davo so'raydi.
Barcha bemorlarga shifo so'raydi.
Hech kimsa ko'rmasin farzand dog'ini

 

Ahad Qayum



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ