Bozor

Добавлено: 01 Марта 2018

Bugun ham pul emas, Nur izlab chiqdim, 
Nigohlarim toza — ko’zimda kir yo’q. 
Yana nazari och to’pga yo’liqdim, 
Odamman degan ko’p, yuzida nur yo’q. 

Qanday yurak ochay yuraksizlarga, 
Nahot, shularni deb to’kmochiman ter? 
Yordam bergim kelar mahbus so’zlarga, 
Gaplar osmondadir, poygaklarda She’r. 

Yashash hadisini bilmasman, balki, 
Insonlik ilmidan olurman ta’lim. 
Halollikdan saboq berarmi yoki 
O‘zi amal qilmas Hayot muallim? 

Toshlarni chaynashga temir tishim bor, 
Cho’kib ketmaslikka toparman qudrat. 
Menshunoslar bilan nima ishim bor, 
Bu yo’ldan ko‘z yumib o‘tgum yo‘q faqat...

Behzod Fazliddin



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ