Bag'ringa Bos

Добавлено: 01 Марта 2018

Qattiqroq bos ko‘ksimga yuzing 
Aylansin mayliga chehrang yurakka. 
Sochlaring tomirim endi sen o‘zing 
O‘xshaysan hamisha menga kerakka. 

Vaslingni uzmagin mening ko‘ksimdan 
Tomirlarim ila qalbim buzilgay. 
Ruxsoring tilabon so‘nggi o‘ksimdan 
Sen uchun atalgan jonim uzilgan. 

Yo‘q hech istamasman bundan fatvoni 
Vujudim sen uchun yashasin faqat. 
Ko‘zlaringda ko‘rsat yorug‘ dunyoni 
Toki sensizlikni bilmasin toqat. 

Uzoq o‘ylamayin sen haqingda hech 
O‘ylarimdan avval yonimda bo‘lgin. 
Yig‘labon ishq uchun dunyolardan kech, 
Kulsang-da men uchun bag‘ishlab kulgin. 

Men shunday devona sevguvching seni 
Nozik arazingdan ko‘ksimda taskin. 
Roziman beayov sevibon meni, 
Bag‘ringa bosginu sochinga osgin.

Abdulaziz Rustam O'g'li



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ