Yasharman

Добавлено: 01 Марта 2018

Qonimga qo‘shilib hasratu armon, 
Tomirlarim uzra o‘tmoqda bugun. 
Balki ko‘nglim yarim lekin Onajon! 
Siz borsiz, olamda yuragib butun. 

Kimgadir so‘zlasam, dilimda borim, 
Qalbimni qilichdek tirnaydi nechun? 
Birov devona der, yo aqli yarim, 
Lek siz bor onajon yuragim butun. 

Ilk ko‘zim ochibon ko‘rganim onam, 
Poyingiz ko‘zimga surganim onam, 
Gar yuksak chuqqida qanot qoqsam-da, 
Bir umr talpinib yurganim onam. 

Dunyo deb, ro‘yoni bergan bu jahon, 
Baxtimdan baxtlisiz doim men uchun, 
Aslida bu dunyo yarim Onajon! 
Siz borsiz olamda yuragim butun. 

Guvoh bo‘lsa, aytsin, yulduzli osmon, 
Ilhomim chorladi ushbu sokin tun. 
She‘rlarim siz uchun butun Onajon! 
Siz uchun olamda yuragim butun.

Abdulaziz Rustam O'g'li



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ