ONAM

Добавлено: 21 Августа 2020

O'ylasa bolam deb, o'ylagan onam,
O'zi uchun orzu qilmagan onam,
Yurtni kezib shaxar ko'rmagan onam,
Buxoro-yu samarqandni qo'ying,
Toshketga ham bormagan onam.

Eh ko'zlari mayus torib qolganda,
Bir so'z aytolmadim men og'il bo'lib,
Sochiga oq tushib so'nib qolganda,
Onam mendan nima ko'rdi ona bo'lib.

Sochim silab jonim bolam deganida,
Ichimdagi bor dardimni olar ekan,
Dunyo menga qarshi turib yomon desa,
Onam meni bolam yaxshi diyar ekan.

Onam asli mexr bulog'i ekan,
Eng vafoli qalb esa ona qalbi ekan,
Bevafolar ko'rdim angladim bildim,
Sevilishga faqat onalar xaqli ekan,

Otam so'zin ikki qilmagan onam,
Yelib yugurib hech, tinmagan onam,
Yurtni kezib shaxar ko'rmagan onam,
Buxoro-yu, samarqandni, qo'ying,
Toshketga ham bormagan onam.

Muallif: Qodir Qaxxor

Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ