Kechir Ona

Добавлено: 20 Августа 2020

Kechirolsang kechir meni jon Onajon
Ranjitganman seni ko'p bor nozik ko'nglingni
Gunohlarga botib ketgan butun tanam
Kechirolsang kechir mendek noshut o'g'lingni

Seni ko'ngling olishga ham urunmabman
Tilkapora qilganim rost sodda qalbingni
Darding ne deb bir bor so'ramabman 
Kechirolsang kechir mendek noshut o'g'lingni

Hatto bitta gul ham olib bermaganman
Muttahamdek so'raganman yana mexringni
Farzand burchim bir bir ado etmaganman
Kechirolsang kechir mendek noshut o'g'lingni

Xasta bo'lsang qayg'urmadim holingga hech
Lek shunda ham shirin so'zing ayamading
Xatolarimni tushundim men bo'lsada kech
Kechirolsang kechir mendek noshut o'g'lingni

Ketar bo'lsam bu dunyodan sendan oldin
Va'da bergin yashayman deb bolam uchun
Kechirim ham so'ramadim bir otamdan
Manqurtlarcha qilgan barcha aybim uchun
Kechirolsang kechir Ona mendek noshut o'g'lingni

Shoxrux Fayz



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ