Yuragim Butun

Добавлено: 01 Марта 2018

Yuragim yashardi sevgidan olis, 
Istading muzlagan qalbni ilitmoq, 
Umidim ojizu, niyatim xolis, 
Sen uchun yaxshidir meni unutmoq. 

Qismat ayon edi, ishon azizam, 
Men uchun ne hojat bahringdan o‘tmoq? 
Sevging jonim uchun bo‘lsa-da malham, 
Sen uchun yaxshidir meni unutmoq. 

Bo‘riga qiyoslab yashadim o‘zim, 
Mehrni nafsim deb jag‘imda tutmoq. 
Hatto baxt berishga etmagach ko‘zim, 
Sen uchun yaxshidir meni unutmoq. 

Qurqoqlik demagin amallarimni, 
Jonimga ravodir bir umr kutmoq. 
O‘zimga qaytargin alamlarimni, 
Sen uchun yaxshidir meni unutmoq. 

Barin sarob deding ammo haqiqat, 
Yo‘lingni men tomon boshlagay so‘qmoq. 
O‘zim uchun emas tushungin faqat, 
Sen uchun yaxshidir meni unutmoq. 

Umidvoru ey voh, so‘ngi yo‘q yo‘lim, 
Va‘dalar haqqi rost istasang biroq, 
Abdul Azizingman Kechirgin Gulim! 
Sen uchun yaxshidir meni unutmoq.

Abdulaziz Rustam O'g'li



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ