Xayotingizdan Ketay Men

Добавлено: 01 Марта 2018

Yuragimni bedor etgan, toshbag'ir bir qizmikan.
Sen bilan orzular qilganlarim, go'zal shirin tushmikan.
Behtim sen qo'limdan uchgan, oq libos oq qushmikan.
Sen o'zga yoring yonida, yuragim vayron netay men.
Boshim olib mayli sevgilim, xayotingdan ketay men.

Malikam oy yuzingga ko'zim tushsa endi gunohdir.
Goh ko'rinib ko'zingga yuraging yoqsam endi gunohdir.
Gar kiprigingdan yosh bo'lib oqsam endi gunohdir.
Bahtli bo'lgin sevgilim, mayli yolg'iz o'tay men.
Alvido deb oy yuzligim, xayotingdan ketay men.

Yolvorib yig'lar yuragim, topgin der lek imkon yo'q.
O'zga quchog'idan tortib ol der lek zabon yo'q.
Behtiyorsan sen seni bog'ingdan makon yo'q.
Sensiz xijron yo'lida mayli alam yutay men.
Lekin qatiy qarorim, xayotingdan ketay men.

Islimbek Abdurazakov

 



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ