U Uylandi O'zgaga

Добавлено: 01 Марта 2018

Tonglargacha qor yog'di,
Uhlamadi qizaloq.
Nahot taqdir o'yini,
Uni qildi o'yinchoq.

Karnay surnay sadosi,
Ko'kni soldi larzaga.
Yig'lamagin qizaloq,
U Uylandi o'zgaga.

Chimildiqlar bezalgan,
U uyga sen begona.
Ko'kni tutgan ko'z yoshing,
To'yxonaga to'yona.

Yog'sin qorlar yomg'rilar,
Bugun sevgi o'lgan kun.
Seni emas o'zgani,
Yor quchoqqa olgan tun.

Yig'lama qiz yig'lama,
Jon singiljon yig'lama.



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ