O'zim Sevganmanmu O'zim Kuyaman!

Добавлено: 01 Марта 2018

Yig'lama yuragim bag'rimni tig'lab.
Bevafo sevgini qaydan bilibman.
Ey ko'ngil qiynama o'zingni qiynab.
O'zim sevganmanmu o'zim kuyaman.

Muxabbat degani ekan bevafo.
Bu yolg'iz boshimga soldi ne balo.
Taqdirning dardiga topolmay davo.
O'zim sevganmanmu o'zim kuyaman.

Ishonmang ko'zlarim kulgulariga.
Nishonman armonning qayg'ulariga.
Aldanib ko'ngilning tuyg'ulariga.
O'zim sevganmanmu o'zim kuyaman.

Ettu usti xonim bo'lganda qolov.
Tandirdek yonadi tanamda olov.
Qaysi gunohimga bu qanday balo.
O'zim sevganmanmu o'zim kuyaman.



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ