O'tib Ketaman

Добавлено: 01 Марта 2018

Bilaman men bir kun kelib...
Yodingizdan o'chib ketaman,
Qadrim o'tib izlaganizda,
Men dunyodan o'tib ketaman...


Misralarga dardlarim qo'shib,
Dardli she'rlar bitib ketaman.
She'rlarim-ku qolar yodizda,
Men dunyodan o'tib ketaman...


Sizdan ko'rgan ozorlarimni,
Men ichimga yutib ketaman.
Sizga zarra ozor yetqazmay,
Men dunyodan o'tib ketaman...


Sizni maftun qilgan samoga,
Yulduz bo'lib uchib ketaman.
Siz xattoki Sezmay qolasiz !
Men dunyodan o'tib ketaman...


Keyin kunlar o'tib o'tib...
Yodingizdan o'chib ketaman...



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ