Nigohlar

Добавлено: 01 Марта 2018

Nigohlar to'qnashar o'tli nigohlar,
Bog'zimga tiqilar faryod-u, ohlar.
Entikib qolamiz ikkov bir nafas
Siz menga, men sizga bo'ldikmi havas.

O'sha kun ketdingiz noiloj qaqshab,
Boshqa sohillarga endi ko'prikmiz.
Ruhsiz vujud bilan yuribmiz yashab
Ishqsiz yurak bilan hamon tirikmiz.

Mensiz o'tkazibsiz shuncha ko'p yilni,
Sizsiz sochlarimni bo'yar bo'ldi qor.
Shu ondan xazonga berganman dilni
Shu damdan bog'imda kezmaydi bahor.

Mayli bilmaganga olaman o'zni,
Duch kelsak titramang dildan o'chiring.
Ammo ko'zingizga chanqoq ko'zimni
Sizdan uzolmasam meni kechiring.

Sevamam hamon
Sevasiz siz ham.
Kutaman har on
Kutasiz siz ham.

Dilshoda Xabibullayeva

 



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ