Mayus Kunlardaman

Добавлено: 01 Марта 2018

Men eng mayus, men eng g'arib kunlardaman.
Jonim giryon ruhim sarson qaylardaman.
Ayrilganim bilsam hamki ayolimdan.
Intizorman hamon o'sha yo'llardaman.

Meni zoru sarson qilgan ko'zlar qani?
Ertakda yo'q parilardek yuzlar qani?
Bitta ehson bitta nazar tilab o'tdim.
Yuzim bosib to'yib yig'lay izlar qani?

Xayolimdan hayday desam ko'nglimdasan.
Kipriklarim ajralsa bas ko'zimdasan.
Azoblaring shirin bo'ldi diydorlardan.
Olovinga jonim otdim kuydirsang ham...



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ